Determinatsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Determinatsiya (lotincha: determinatia — cheklanish, aniklanish), latent ixtisoslanish — embriologiyada organ va toʻqimalarning shakllanishi oldidan rivojlanayotgan embrion qismlari oʻrtasida sifat jihatdan farq paydo boʻlishi. D. terminini nemis embriologi K. Gayder (1900) taklif qilgan. Hujayra materiali unga xos boʻlmagan joyga koʻchirilganida undan normal holatda ixtisoslashadigan organ paydo boʻlsa, determinlashgan hisoblanadi. D. asosida informatsion ribonuklein kislotalar va oqsil mo-lekulalarining sintezlanishiga olib keladigan ayrim genlarning faollashuvi yotadi. D.zigotaning boʻlinishi davrida bir qancha omillar, xususan boʻlinayotgan hujayralarga har xil sifatli sitoplazmaning oʻtishi, ayrim hujayralar guruhining oʻzaro taʼsiri va b.da yuzaga chiqadi. Umurtqasiz hay-vonlarda soplazmatik segretsiya ustun boʻlgani uchun tana qismlari D.si zigotaning maydalanishi jarayonidayoq boshlanadi. Umurtqalilarda murtak qismlarining oʻzaro taʼsiri (induksiya) asosiy ahamiyatga ega boʻlgani sababli D. organogenez davrida namoyon boʻladi. Bu belgiga asosan hayvonlar shartli ravishda mozaik tuxumli determinlashgan va regulyasion tuxumli determinlashmagan rivojlanish guruhlariga ajratiladi. Odatda, rivojlanishda induktor taʼsirida dastlab turgun boʻlmagan D., keyinroq turgʻun (labil) D. yuzaga chiqadi, faqat shundan keyin morfologik jihatdan farq qiladigan ixtisoslashuv boʻladi, yaʼni toʻqima yoki organ shakllana boshlaydi. Bundan keyingi davrlarda ixtisoslashuv yangidan-yangi oʻzaro taʼsir etuvchi sistemalar va jarayonlarni oʻz ichiga oladi. Bu jarayonlarda hujayra materialidan 1iakllanishi lozim boʻlgan toʻqima va organlarning qismlari farqlana borishi bilan birga uning morfologik imkoniyati ham tobora cheklanib boradi. Koʻpchilik ikkilamchi ogizlilarda D. dastlab oʻzgaruvchan boʻlganidan murtak ayrim qismlarining rivojlanish yoʻlini sunʼiy oʻzgartirishga imkon beradi. Keyinchalik D. turgʻun holatga oʻtadi va har bir hujayra faqat muayyan organni yoki tananing bir qismini hosil qilish xususiyatiga ega boʻlib qoladi. D. boʻlinayotgan murtak hujayralarining morfolik ixtisoslashuvi orkali toʻqima va organlarning rivojlanishiga olib keladi. Determinatsiya termini hozirda ko`p sohalarda ishlatiladi...

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil