Kontent qismiga oʻtish

Detektirlash

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Detektirlash, demodulyasiya — elektr tebranishlarini oʻzgartirib, oʻzgarmas tok yoki ancha past chastotali elektr tebranish hosil qilish. Eng keng tarqalgan holi demodulyasiya boʻlib, unda modulyasiyalangan yuqori chastotali tebranishlardan past chastotali modulyasiyalovchi signal ajratib olinadi. D. radio qabul qiluvchi qurilmalarda tovush chastotalarini, televideniyeda tasvir signallarini ajratib olishda ishlatiladi. D.da elektr tebranishlar detektorta uzatiladi; bunda u bir xil yoʻnalishdagi tokni oʻtkazadi va tebranishlar koʻplab bir xil ishorali tok impulslariga aylanadi. Agar tebranishlar qisman toʻgʻrilansa, yaʼni detektor orkali tok ikkala yoʻnalishda oʻtsa (detektor elektr oʻtkazuvchanligi turlicha boʻlsa), D. sodir boʻladi. D. uchun turli yoʻnalishda turlicha elektr oʻtkazuvchanlikka ega boʻlgan istalgan qurilmadan, mas, diodpan ham foydalanish mum-kin. Chastota signalini ajratib olishda filtrdan foydalaniladi. Eng oddiy filtr qarshilik va sigʻimdan iborat qurilma hisoblanadi. D.da elektron lampa, yarimoʻtkazgichli diod, vakuumli triodlar, chiziqlimas kristallar ishlatiladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil