Destruksiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Destruksiya (lot. destructio — par-chalanish) — makromolekulalardagi kimyoviy boglarning uzilishi natijasida ularning polimerlanish darajasi yoki molekulyar massasining kamayishi bilan kechadigan jarayonlarning umumiy nomi. Kimyoviy bogʻlarning uzilish joyiga karab D. asosiy va yon zan-jirlar D.siga boʻlinadi. D.ga tashqi taʼsirlar (issiklik, ionlashtiruvchi radiatsiya, mexanik kuchlanish, yorugʻlik, oksidlovchi muhit, namlik va b.) sabab boʻladi. Koʻp hollarda D. bir vaqtda bir nechta tashqi taʼsir (mas, issiklik va kislorodli muxit — termooksidlovchi D.) natijasida roʻy beradi. D. jarayonida polimerlarning xossalari oʻzgaradi, ular asosida tayyorlangan maqsulotlar buziladi. Shu sababli polimerlarni stabillashtirishning turli usullari ishlab chiqilgan. Baʼzi hollarda D. jarayoni foydali hisoblanadi. Masalan, polivinilatsetatni ishqoriy gidrolizga uchratib polivinil spirt, sellyuloza va kraxmalni gidrolitik D.dan foydalanib turli qandlar olinadi. D. polimerlarning kimyoviy tuzilishini aniklashda ham qoʻllaniladi.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil