Desikatsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Desikatsiya (de... va lot. siccum - quruq, quritish, suvini qochirish) — ekinlarni oʻsib turgan joyida dorilab quritish. D. hosil yetilishini tezlashtirib, yigʻim-terim ishlarini barvaqt tugallash maqsadida oʻtkaziladi. D. qilinganda oʻsimlikning hayoti butunlay toʻxtaydi, uning oʻsuv organlari, jumladan pishib yetilmagan me-valari ham tezda kurib qoladi. D. hosilni mashinalarda terishni osonlashtiradi. Qand lavlagi maydonlarida hosil terimidan 10, gʻoʻzada 15—20, tokzorlarda 20 kun ilgari oʻtkaziladi. Oʻzbekistan sharoitida, asosan, gʻoʻza, shuningdek, kartoshka, don-dukkakli va moyli ekinlar D. qilinadi. D. qilish muddatli ob-havoga, gʻoʻzada koʻsaklarning yetilishi hamda ochilish darajasiga qarab belgilanadi. Mas, respublikaning markaziy va shimoliy r-nlarida koʻsaklarning 60—65%, janubiy r-nlarida esa 70—75% ochilganda, dastlabki mashina terimidan keyin D. qilinadi. D.da kimyoviy preparatlar (desikantlar) eritmasi oʻsimlikka maxsus texnika (traktor va moslamalar) bilan purkaladi.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil