Deselerometr

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Deselerometr (de... va lot. celero — tezlashtiraman va ... metr) — transport mashinasining muayyan vaqt birligi mobaynida sekinlashuvi, yaʼni tezligi pasayishini oʻlchaydigan inersion (inersiya hodisasiga asoslangan) asbob. D.da suyuklik, mayatnik yoki prujinaga osilgan yukcha asosiy ish qismi qisoblanadi. Masalan, mayatnikli D.ning asosiy ish qismi shaffof korpusdagi oʻqqa osilgan mayatnik. D.ning koʻrsatuvchi va qayd qiluvchi xillari bor. Rezina qapishgich (biror sirtga taqalganda havo chiqib ketib, shu sirtga yopishib qoladigan moslama) yordamida D. avtomobilning old oynasi yoki old paneliga mahkamlab qoʻyiladi. Bunda mayatnik asbob shkalasidagi nolinchi belgi qarshisidagi vaziyatni egallashi lozim. Avtomobil sekinlashganda inersiya kuchi taʼsirida mayatnik maʼlum vaziyatga ogʻadi va uning shu ogʻish qiymatiga qarab sekinlashish darajasi shkaladan aniklanadi.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil