Kontent qismiga oʻtish

Deryayev Xidir

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Deryayev Xidir (1905, Mari viloyati Egriguzar qishlogʻi — 1987, Ashxabod) — Turkmaniston xalq yozuvchisi (1967). Turkmaniston Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1969). Toshkentdagi maorif instituti (1926) va Oʻrta Osiyo davlat universitetini tugatgan (1931). Ashxobod pedagogika institutida oʻqituvchi (1931), kafedra mudiri (1938). Turkman mumtoz adabiyotini tadqiq etish va nashr qilishda faol qatnashgan, birinchi boʻlib turkman tili darsligini yaratgan. Ilk sheʼrlarini Toshkentda yozgan. "Amudaryo" dostoni (1928) Turkmanistonda suv muammosiga bagʻishlangan. "Afsusmi yo maslahat" dostoni (1929) odob-axloq mavzusida. "Qonli panja" (1937) asari turkman adabiyotidagi dastlabki realistik romandir. Yozuvchi uni qayta ishlab, 2—4 qismlarini yozib, "Qismat" nomi bilan chop ettirgan (1960—71). "Boʻron" (1974) romani, "Qismat" (1962, roman asosida), "Mehri" (1964), "Xoʻjanafas" (1969) dramalari muallifi. "Qismat" romanining 1—2 kitoblari P. Qodirov tarjimasida oʻzbek tilida nashr qilingan (1967, 1972).

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil