Deputatlarning fraksiyalari, bloklari va guruhlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Deputatlarning fraksiyalari, BLOKLARI VA GURUHLARI -deputatlarning oʻzaro kelishuv asosida tashkil topgan birlashmalari. Deputatlar siyosiy karashlari, kasbi, qiziqishlari boʻyicha rasmiy fraksiyalar, bloklar, doimiy va muvaqqat deputatlar guruhlariga birlashishlari mumkin. Oʻzbekistan Respublikasida D. f. b. va g . faoliyati "Oʻzbekistan Respublikasida deputatlarning maqomi toʻgʻrisida"gi qonunda (1995-yil 6-may) va "Oʻzbekistan Respublikasi Oliy Majlisining reglamenti"da (1995-yil 5-may) belgilab berilgan. [[Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisida roʻyxatga olingan 4 ta fraksiya (Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi, Fidokorlar milliy demokratik partiyasi, "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi, Milliy tiklanish demokratik partiyasidan saylangan deputatlar fraksiyalari) va 2 ta blok (Saylovchilarning tashabbuskor guruhlaridan saylangan deputatlar bloki va hokimiyat vakillik organlaridan saylangan deputatlar bloki) bor (yana q. [[Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi).

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil