Denys Maliuska

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Denys Malyuska
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 19-noyabr 1981-yil (1981-11-19) (42 yosh)
Dunaivtsi, Ukraina SSR, Sovet Ittifoqi
(hozirda Ukraina)
Siyosiy partiyasi Xalq xizmatchisi partiyasi
Taʼlim Kiyevdagi Taras Shevchenko Milliy Universitet
London Universiteti
Kasbi huquqshunoq tadbirkor siyosatchi

Denys Leontiyovych Maliuska (ukraincha: Денис Леонтійович Малюська; 1981-yil 19-noyabrda tugʻilgan[1]) — ukrainalik huquqshunos, tadbirkor va siyosatchi[2]. 2019-yil 29-avgustdan Ukraina adliya vaziri[3][4].

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maliuska Taras Shevchenko nomidagi Kiev Milliy universitetida huquq fakultetida tahsil olgan (2004). 2016-yilda u London universitetida Huquq boʻyicha magistrlik darajasini ham olgan[5].

2000-yildan 2010-yilgacha Maliuska Business Law yuridik firmasida advokat boʻlib ishlagan. 2010-yildan 2019-yilgacha u Jahon banki guruhida xususiy sektor maslahatchisi sifatida ishlagan[6].

BRDO/Jahon banki guruhi boshqaruvi raisining oʻrinbosari lavozimida ham faoliyat yuritgan[7].

U 2019-yilgi parlament saylovlarida „Xalq xizmatchisi“ siyosiy partiyasining partiyaviy roʻyxatida kiritilgan boʻlishiga qaramasdan[8],Markaziy saylov komissiyasi maʼlumotlariga koʻra hech qanday partiyaning azosi emas[9]. Maliuska 2019-yilda Oliy Radaga saylangan[10]. U 2019-yil 29-avgust kuni vazir etib tayinlanganidan soʻng deputatlik mandatini topshirgan.

2019-yil 29-avgustda Maliuska Goncharuk hukumatida Ukraina adliya vaziri etib tayinlandi[3]. 2020-yil 4-martda Shmixal hukumati tayinlanganda ham oʻz lavozimni saqlab qoldi.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar:[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Малюська Денис Леонтійович“ (ukraincha). Central Election Commission. Qaraldi: 2-sentabr 2019-yil.
  2. „New Old Reform: What economic changes are coming to Ukraine“. UNIAN (13-avgust 2019-yil). Qaraldi: 2-sentabr 2019-yil.
  3. 3,0 3,1 New Cabinet formed in Ukraine The Rada appointed the new Cabinet: Avakov and Markarova remained, Ukrayinska Pravda (29 August 2019)
  4. Lebed. „New faces of Ukrainian Cabinet: Who is who in government under PM Honcharuk?“. 112.International (30-avgust 2019-yil). 2019-yil 30-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-sentabr 2019-yil.
  5. „Малюська Денис Леонтійович“ (ukraincha). Government of Ukraine. Qaraldi: 2-sentabr 2019-yil.
  6. „Meet the Ministers: What We Know About Ukraine's New Cabinet“. Hromadske International (30-avgust 2019-yil). Qaraldi: 2-sentabr 2019-yil.
  7. „Denis Malyuska“. Better Regulation Delivery Office. 15-fevral 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-sentabr 2019-yil.
  8. „Zelensky presented his 100 candidates for Verkhovna Rada“. Apostrophe (9-iyun 2019-yil). Qaraldi: 2-sentabr 2019-yil.
  9. „Народний депутат України“ (ukraincha). Верховна Рада України. 30-avgust 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-sentabr 2019-yil.
  10. „Some 254 MPs enter Rada from Servant of the People, 124 MPs from other parties, 46 MPs self-appointed“. Interfax-Ukraine (26-iyul 2019-yil). Qaraldi: 2-sentabr 2019-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]