Denitrifikatsiyalovchi bakteriyalar
Denitrifikatsiyalovchi bakteriyalar — nitratlarning molekulyar azotgacha kaytarilishi jarayonida qatnashuvchi bakteriyalar (qarang Denitrifikatsiya). Asosan tuproq, suvda va suv qavzalari gruntlarida tarqalgan. Tuprokda uchraydigan denitrifikatorlarning asosiy turlari — Pseudo-monas, Bacillus, Achromobacter va Micrococcus. Barcha D. b. aeroblar, ular organik moddalarni havo kislorodi hisobiga, anaerob sharoitda esa nitratlarning kislorodidan foydalanib oksidlaydi. D.b. nitratli va nitratlarning kaytarilishida rangini oʻzgartiruvchi indikatorli ozuqada oʻstiriladi.
Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |