Denis Hamel

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Denis Hamel
Hamel Binghamton Senators klubida 2006-yil
Tugʻilgan joyi 10-may 1977-yil (1977-05-10) (46 yosh)
Lachute, Quebec, Kanada
Boʻyi 6 ft 2 in (188 cm)
Ogʻirligi 198 lb (90 kg; 14 st 2 lb)
Pozitsiyasi himoyachi
Oʻynagan jamoalari Buffalo Sabres
Ottawa Senators
Atlanta Thrashers
Philadelphia Flyers
NHLga kirish drafti 153-oʻrindagi tanlov, 1995
St. Louis Blues
Jamoalardagi faoliyat 1997—2016

Denis Jean Hamel (talaffuzi: Denis Jin Xamel) (1977-yil 10-mayda tugʻilgan) — kanadalik sobiq professional xokkeychi. Denis Hamel 3 marta AHL All-Star nomini olgan. Denis Hamel 2000-yilda tizzasidan jiddiy jarohat olgan. Shundan soʻng, Hamelning konkida uchish tezligi pasayib ketdi va uning NHLda ishtirok etish qobiliyati cheklandi. Denis Hamel 2008-yilda AHLda yil odami mukofotini qoʻlga kiritgan[1].

Oʻyin faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Denis Hamel 1995-yilda NHLga kirish loyihasida „St. Louis Blues“ xokkey klubi safiga 153-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi. Keyin Denis Hamel klub tomonidan „Buffalo Sabres“ xokkey klubiga sotildi. „Sabres“ klubining AHL jfiliali „Rochester Americans“ xokkey klubi bilan 3 mavsum oʻynaganidan soʻng, Denis Hamel „Buffalo Sabres“ xokkey klubi safida 2000—2001 va 2001—2002-yillarda ikkita toʻliq mavsum oʻynadi. 2000—2001-yilgi mavsumda Denis Hamel tizzasidan jiddiy jarohat oldi. 2003—2004-yilgi mavsumda Denis Hamel „Ottawa Senators“ xokkey klubi bilan shartnoma imzoladi. Shundan soʻng, Denis Hamel „Ottawa“ klubining AHL filiali „Binghamton Senators“ xokkey klubi safiga yuborildi. 2005—2006-yilgi mavsumda Denis Hamel 56 ta gol bilan „Binghamton“ xokkey jamoasi rekordini oʻrnatdi. Bundan tashqari, Denis Hamel 2005—2006-yillardagi mavsumda „Binghamton Senators" xokkey klubining sardori boʻlgan.

2006—2007-yillarda Denis Hamel „Ottawa Senators“ xokkey klubi safida oddiy hujumchi sifatida NHLga qaytdi. Denis Hamel klub bilan 43 ta oʻyin oʻtkazdi. „Senators“ xokkey klubining aʼzolari Mike Fisher va Jason Spezza jarohat olishganidan soʻng, Denis Hamel klubda jarohat olgan xokkeychilar oʻrnini egalladi. Denis Hamel 2007-yil 27-fevralda „Philadelphia Flyers“ xokkey klubi safiga qoʻshildi.

2007-yil 6-iyulda Denis Hamel „Binghamton Senators“ xokkey klubi bilan uch yillik AHL shartnomasini imzoladi. Denis Hamel „Binghamton“ xokkey klubi bilan shartnoma imzolashdan maqsadi faoliyatida barqarorlikka ega boʻlish edi. Denis Hamel 2007—2008-yilgi mavsumni „Binghamton“ xokkey klubi tarkibida oʻtkazdi.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Denis Hamel 2015-yil 18-iyul kuni Ontario shtatining Casselman shahrida gimnastikachi July Brisson bilan nikohlandi[2].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muntazam mavsum Pley-off oʻyinlari
Mavsum Klub Liga Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti
1993—1994 Laval Régents QMAAA 28 10 11 21 50
1993—1994 Abitibi-Témiscamingue Forestiers QMAAA 15 5 7 12 29 5 0 3 3 16
1994—1995 Chicoutimi Saguenéens QMJHL 66 15 12 27 155 13 2 0 2 29
1995—1996 Chicoutimi Saguenéens QMJHL 65 40 49 89 199 17 10 14 24 64
1996—1997 Chicoutimi Saguenéens QMJHL 70 50 50 100 339 20 15 10 25 65
1997—1998 Rochester Americans AHL 74 10 15 25 98 4 1 2 3 0
1998—1999 Rochester Americans AHL 74 16 17 33 121 20 3 4 7 10
1999—2000 Rochester Americans AHL 76 34 24 58 122 21 6 7 13 49
1999—2000 Buffalo Sabres NHL 3 1 0 1 0
2000—2001 Buffalo Sabres NHL 41 8 3 11 22
2001—2002 Buffalo Sabres NHL 61 2 6 8 28
2002—2003 Rochester Americans AHL 48 27 20 47 64 3 3 2 5 4
2002—2003 Buffalo Sabres NHL 25 2 0 2 17
2003—2004 Binghamton Senators AHL 78 29 38 67 116 2 0 0 0 2
2003—2004 Ottawa Senators NHL 5 0 0 0 0
2004—2005 Binghamton Senators AHL 80 39 39 78 75 5 1 0 1 4
2005—2006 Binghamton Senators AHL 77 56 35 91 65
2005—2006 Ottawa Senators NHL 4 1 0 1 0
2006—2007 Ottawa Senators NHL 43 4 3 7 10
2006—2007 Atlanta Thrashers NHL 3 1 0 1 0
2006—2007 Philadelphia Flyers NHL 7 0 0 0 0
2007—2008 Binghamton Senators AHL 67 32 23 55 60
2008—2009 Binghamton Senators AHL 63 25 25 50 36
2009—2010 Binghamton Senators AHL 73 22 29 51 45
2010—2011 Adirondack Phantoms AHL 66 25 25 50 50
2010—2011 Saguenay Marquis LNAH 7 6 8 14 2
2011—2012 Adirondack Phantoms AHL 74 23 23 46 14
2012—2013 Jonquière Marquis LNAH 34 26 21 47 6 11 3 9 12 10
2013—2014 Jonquière Marquis LNAH 24 15 15 30 11 1 0 0 0 0
2015—2016 Laval Prédateurs LNAH 4 1 0 1 0
AHL jami 850 338 313 651 866 55 14 15 29 69
NHL jami 192 19 12 31 77

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „DENIS HAMEL WINS YANICK DUPRÉ AWARD AS AHL'S MAN OF THE YEAR“ (2008-yil 7-aprel). 2020-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 14-aprel.
  2. „Amerika xokkey ligasi Hall of Fame Announces Class of 2020“. OurSports Central (2019-yil 10-oktyabr).