Dengiz piyozi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Dengiz piyozi (Urginea maritima) -loladoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻt. Piyozboshi yirik (2,5 kg gacha). Gullari oq-yashil, panjali, poya uchida gʻuj boʻlib joylashgan. Barglari nashtarsimon. Mevasi yumaloq koʻsakcha. Oq piyozli xili tarkibida ssillaren glikozidi (yurak kasalliklarini davolash, siydik haydash uchun dori tay-yorlashda ishlatiladigan modda) bor. Qizil piyozli xilidan tayyorlangan preparatlardan kemiruvchilarga qarshi kurashda zaharli modda sifatida foydalaniladi. Jan. Yevropa, Gʻarbiy Osiyo va Shim. Afrikada tabiiy holda oʻsadi. Italiya, Jan. Fransiya va Gruziyada oʻstiriladi.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil