Dengiz otchalari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Dengiz otchalari, dengiz toychalari — nina baliqlar oilasining bir necha urugʻi. Uzunligi 4—20 sm. Gavdasi shaxmat taxtasidagi otlarga oʻxshash, boshi tanasi tomonga egilgan, dum tomoni buralgan boʻladi. Erkak tur dumining keyingi tomonida chiqarish kamerasi (xaltasi) bor. Urgʻochilari kameralarga tuxum qoʻyadi. Barcha dengizlarda tarqalgan, 30 ga yaqin turi mavjud. Qora dengiz D. o. (Hippocampus guttulatus) Kppa va Azov dengizlarida uchraydi. Bahorda tuxum qoʻyadi. Erkagi tuxum xaltasida 100 dan 200 gacha tuxum olib yuradi. Planktonda xayot kechiradi. Suv osti oʻsimliklari orasida yashaydi, atrof muxit rangiga moslanish — niqoblanish xususiyatiga ega.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil