Dengiz geologiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Dengiz geologiyasi - dengiz va okeanlar tubining geologik tuzilishi va rivojlanish tarixini oʻrganuvchi fanlar majmui. D. g . asosiy vazifasi okean va dengizlar tubi relyefining paydo boʻlishi, tarkibi va rivojlanishini oʻrganadi, ularda foydali qazilmalarning hosil boʻlish sharoitlari va joylashish holatini aniqlaydi. Dengiz tubi relyefining hrsil boʻlish sharoiti, taraqqiyoti, tarkibi, choʻkindilar, magmatik va metamorfik togʻ jinslarini dengiz tubida joylashishi, okean osti Yer pusti tektonikasi, geodinamikasi, yer chuqurlik qismining tuzilishi, undagi vulkan jarayonlari, seysmikligi, yonuvchi (neft va gaz), rudali konlarning hosil boʻlishi va tarqalishini oʻrga-nadi. D.g . okeanologiya va geol.ning sohalari, shuningdek, tabiiy geografiya, iqlimshunoslik, biol. va b. tabiiy fanlar bilan yaqindan bogʻliq holda taraniy qildi. D.g .ni oʻrganish shotland geologi J. Gettonning 1788 y.da "Yer nazariyasi" asarining nashr etilishidan boshlangan. Dengiz litologiyasi soxasida dastlabki i.t.lar inglizlarning "Chellenjer" kemasida (1872—76) olib borildi. 19-asr oxiri —20-asr boshlarida dengiz va okeanlar tubining relyefi, geokimyosi, yotqiziklari, okean chekkalari magmatizmi atroflicha oʻrganildi.

20-asr oʻrtalariga kelib D.g .ni oʻrganishda maxsus kemalardan foydalanish, dengiz geofizikasi metodlari taraqqiyoti, suv ostini rasmga olish va sh.k. D.g .ning mustaqil fanga aylanishiga sabab boʻldi.

60-y.larda bajarilgan i.t. ishlari natijasida okean osti Yer poʻstining nisbatan yosh ekani va uning tubi siljib turishi aniklandi. 1968 y.da AQShda "Glomar Chellenjer" kemasida chuqur suv osti burgʻilashning boshlanishi D.g .da muhim bosqich boʻldi, ke-yinchalik bunday burgʻilashlar xalqaro qamkorlikda bajarildi. Okean tubi tektonikasi prinsiplari va Dunyo okeani tubining rayonlashtirish sxemasi ishlab chiqildi. Yer poʻstining chuqur gorizontlarida, ehtimol mantiyada ham shiddatli tektonik deformatsiyalar boʻlib, bular boʻyicha massalar siljib tangachasimon strukturalar hosil qilishi maʼlum boʻldi.

Okeanlar geomagnit maydonini oʻrganish asosida litosfera plitalarining yoshi aniqlandi, paleomagnit maʼlumotlaridan foydalanib okean qaʼri va boʻsh jinslar boʻlimlarga ajratildi.

Dengiz va okeanlardagi foydali qazilmalar aksari neft, gaz, temir rudalari, oltingugurt, fosforit, glau-konitli qum, nodir metalli temir-marganets gʻuddalari va turli sochmalar, shu jumladan oltin, tuz va b.dan tashkil topgan. Dengiz osti konlari hozirgi rivojlangan dengiz atrofi davlatlari tomonidan intensiv ravishda oʻzlashtirilmoqda. D.g . boʻyicha muhim ilmiy markazlar RF (Okeanologiya instituti, Yer pusti instituti), Ukraina (Geologiya fanlari instituti), AQSH (Vudsxol Okeanografiya instituti va b.), Fransiya (Pyer va Mariya Kyuri nomli universitet)da bor. Shuningdek, D.g . boʻyicha i.t. ishlari, Germaniya, Yaponiya, Avstraliya, Yangi Zelandiya va b. geol. muassasalarida olib borilmoqda.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil