Demping marjasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Demping marjasi — eksport narxi chegirib tashlangan tovar normal qiymatining tovarning eksport narxiga foizlarda ifodalangan nisbati. Demping marjasi tovarning oʻrtacha olingan normal qiymatini barcha taqqoslanadigan eksport bitimlari bilan solishtirish asosida yoki tovarning normal qiymatini muayyan bitimlar boʻyicha eksport narxlari bilan solishtirish orqali aniqlanadi. Agar tovarlar OʻzRga tovar kelib chiqqan mamlakatdan bevosita import qilinmay, balki uchinchi mamlakatdan eksport qilinayotgan boʻlsa, tovar eksport qilinayotgan mamlakatdan OʻzRga sotilayotgan tovarlar narxi tovar eksporti mamlakatidagi solishtirma narx bilan taqqoslanadi.

Agar tovarlar tovar eksport qilinayotgan mamlakat orqali faqat olib oʻtilayotgan boʻlsa yoki bunday tovarlar tovar eksport qilinayotgan mamlakatda ishlab chiqarilmasa yoxud tovar eksport qilinayotgan mamlakatda ularga solishtirma narx boʻlmasa, taqqoslash tovar kelib chiqqan mamlakatdagi narxga qiyosan oʻtkazilishi mumkin[1] [2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Muhofaza choralari, antidemping va kompensatsiya bojlari toʻgʻrisida" gi OʻzR Qonuni
  2. Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi