Demonologiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Demonologiya (demon va ...logiya) — demonlar haqidagi diniy taʼlimot. Uning vujudga kelishi ibtidoiy davrlarga xos yovuz ruhlarga eʼtiqod qilishga borib taqaladi. D. ayniqsa Bobil dini va qad. Eron dinida rivojlangan, ulardan iudaizm, xristianlik va islomga ham oʻtgan. Katolitsizm va pravoslaviye hozirga qadar demonlarning borligini qatʼiy himoya qiladi, ayrim protestantlar ularni ramziy maʼnoda tushunadilar. D. shayton — gunoh manbai, degan tasavvurga asoslangan diniy axloq bilan uzviy bogʻlikdir. D.ga koʻra, inson hamisha va hamma yerda jonga xavf solib turuvchi demonlar bilan oʻralgan. Faqat cherkovgina oʻzining ibodatlari, diniy muqaddas ashyolari, baʼzan esa demonni haydovchi maxsus duo va marosimlari bilan in-sonni ulardan qutqarishi yoki ularning yovuz harakatlarini bartaraf etishi mumkin. Jodugarlikning xurofiy mohiyati ham D.ga asoslangan. Inkvizitsiya davrida jodugar deb hisoblangan ayollar taʼqib qilingan. Jis-moniy va ruhiy kasalliklar sababi ham demonlar xatti-harakati bilan bogʻliq deb hisoblanadigan ibtidoiy azayimxonlikdan tortib hrz. davrdagi diniy bidʼatlargacha — hammasida D. namoyon boʻladi.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil