Manzarali oʻsimliklar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Dekorativ oʻsimliklardan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Manzarali oʻsimliklar, dekorativ oʻsimliklar — kishilarning estetik ehtiyojlarini qondirishda foydalaniladigan turli botanik oilalarga mansub madaniy va yovvoyi oʻsimliklar guruhi. M.oʻ. shahar va qishloqlarni koʻkalamzorlashtirish, istirohat bogʻlari, ijtimoiy, ishlab chiqarish binolari va turar joylarni bezatish, guldastalar yasash uchun oʻstiriladi. Chiroyi, barglari, gullari, mevalari rangi, tanasining gʻaroyib shakllari (shoxlari osilgan, soyabonsimon, us-tunsimon) bilan tavsiflanadi. Bir qator belgilariga, mas, hayot shakliga koʻra — daraxtlar, butalar, chala butalar, oʻt oʻsimliklarga, poyasi shakliga koʻra, tik oʻsadigan, ilashib oʻsadigan, pastak, yoyilib oʻsadigan, osilib oʻsadigan va boshqalarga boʻlinadi. M.oʻ. biologik xususiyatlari hamda agrotexnika talablariga qarab: daraxt va butalarga, koʻp yillik, ikki yillik, bir yillik, boshoqsosh (gʻallagulli), piyozli va boshqa oʻsimlik guruhlariga boʻlinadi. M a n zarali daraxt va butalarga yaprokdi, igna bargli, doim yashil va barg toʻkuvchi oʻsimliklar kiradi. Xiyo-bon, koʻchalarga, hovuz va koʻl boʻylariga eman (dub), kashtan, chinor, akatsiya, oq qayin, majnuntol, terak, sarv, oq qaragʻay, shamshod, doʻlana, archa; shiy-pon va ayvon tevaragiga ilashib usuvchilar — tok, chirmoviq, butalardan atirgul, siren va boshqa ekiladi. Koʻp yillik Manzarali oʻsimliklar ga istirohat bogʻlari, xiyobonlarda oʻstiriladigan sergul, serbarg va manzarali mevali usimliklar kiradi. Iliq iqlimli mamlakatlarda koʻp iilliklarning qishda ochiq dalada qoladigan va koʻchirib olib, issikxonada saqlanadigan xillari bor. Baʼzi koʻp yilliklar iqlimi sovuq mintaqalarda bir yillik oʻsimlik sifatida oʻstiriladi. Ular bahorda ildiz, ildizpoya, ildizmeva, piyozchasidan oʻstiriladi. Koʻp yillik oʻsimliklar bir yerda 3—5 yil va undan ortiq usadi. Qalamchasi va urugʻidan koʻpaytiriladi. I k k i yillik Manzarali oʻsimliklar xushmanzara gulli oʻsimliklar boʻlib, birinchi yili tupbarg , ikkinchi yili gulli va mevali poya hosil qiladi. Bu guruhga, shuningdek, ikki yillik si-fatida ustiriladigan baʼzi kup yillik oʻsimliklar ham kiradi. Bulardan, asosan, gulzor barpo etishda foydalaniladi. Bir yillik Manzarali oʻsimliklar ga urugidan ekiladigan va Usuv davri bir yil davom etadigan oʻsimliklar, birinchi yili gullaydigan, lekin sovuqqa chidamsiz oʻsimliklar ham kiradi (mas, geliotrop, itogʻiz, funksiya, lobeliya va boshqalar). Bir yillik oʻsimliklarga chiroyli gullaydigan, naqsh barglilar, "gilam" hosil qiladigan, novdalari osilib turadigan ampal va boshqa oʻsimliklar guruhi kiradi. Iliq iqlimli hududlarda koʻpchilik bir yillik oʻsimliklar vegetatsiya davrini uzaytirish va erta gullashi uchun mart— aprelda parnik va oranjereyalarga ekiladi, soʻngra ochiq yerga kuchiriladi, ayrimlari toʻgʻridan-toʻgʻri ochiq yerga ekiladi. Bularga qoʻqongul, xinagul, tirnoqgul, koʻknorgul, nastursiya, petuniya, tamakigul, baxmalgul, ipomeya va boshqa kiradi. Gʻalla gulli M.oʻ. boshoqdoshlarga mansub boʻlib, gulchilikda guddastalar tayyorlashda foydalaniladi. Maysazorlarga yakka va guruhlab ekishda baland oʻsadigan, gulzor chetlariga va guruxlab ekishda past oʻsadigan gʻallagulli oʻsimliklardan foydalaniladi. Piyozli Manzarali oʻsimliklar piyozguldoshlar va chuchmomaguldoshlarga mansub boʻlib, manzarali bogʻdorchilikda koʻpaytiriladi. Bularga boy-chechak, lola, nargis, giatsintlar, piyozgul va boshqa kiradi. Asosan, piyozchalaridan koʻpaytiriladi.

Manzarali oʻsimliklar urugʻi, koʻchatlari, qalamchalari manzarali bogʻdorchilik xujaliklarida yetishtiriladi, yangi manzarali Usimliklarni madaniylashtirish va ularni tarqatish bilan botanika bogʻlari va dendrariylar shugʻullanadi (yana q. Gulchilik).

Adabiyot[tahrir]

  • Dekorativnie rasteniya otkritogo i zakritogo grunta, Kiyev, 1985.

Abdushukur Xonazarov.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil