Dekatron

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Dekatron [yun. deka — oʻn va (elek) tron] — oʻnta katod guruhi boʻlgan ion asbob; oʻrtasida anod va katod joylashgan gaz aralashmasi (vodorod, geliy, neon) toʻldirilgan ballondan iborat. Elektr impulslarni hisoblashda va elektr zanjirlarni uzib-ulashda foydalaniladi. Ishi elektr impulsi taʼsirida anod va katod orasidagi gazda vujudga keladigan razryadning bir tomonga — bir katoddan ikkinchisiga (birinchisidan ikkinchisiga, ikkinchisidan uchinchisiga va h. k., oʻninchi impulsdan keyin D. dastlabki hola-tiga qaytadi) siljishiga asoslangan. D. hisoblash va oʻlchash texnikasida, yadro va sanoat elektronikasi va b.da qoʻllanadi.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil