Dehxudo Mirza Aliakbarxon Qazviniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Dehxudo Mirza Aliakbarxon Qazviniy (1879—Tehron—1956) — eron yozuvchisi, olim va jamoat arbobi. Eron Tillar akademiyasi (Farhangiston)ning aʼzosi, Tehron universitetining prof. 1906 y.dan nashr etila boshlagan "Isrofil karnayi" hajviy jur. noshiri. D. qator hajviy hikoya va sheʼrlar muallifi. Uning ilmiy merosida "Maqollar va matallar" (1—4-jildlar, 1929—31), Abu Rayhon Beruniyga bagʻishlangan asari bor. D. koʻp jildli "Lugʻatnoma" (Eron ensiklopedik lugʻati)ni tayyorlashga nazariy va amaliy jihatdan katta hissa qoʻshgan.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil