Dehqonboy Abduqayumov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Dehqonboy Abduqayumov
Tavalludi 1893-yil
Vafoti 1938-yil
Fargʻona viloyati
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Faoliyat yillari 1928-yil —1938-yil
Mukofotlari

Dehqonboy Abduqayumov (1893-yili tavallud topgan — 1938-yil vafot etgan) — 1928-yil 13-fevralda partiyaga a‘zo bo‘lgan. 2-yogʻ zavodida formovshik, Qoʻqon shahar soveti raisi, Qoʻqon shahar kasaba sovetining raisi, Moskvada Butun Ittifoq Markaziy kasaba soyuz soveti s’ezdiga delegat, OʻzSSR Markaziy Ijroiya komiteti aʼzosi, Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti va Qoʻqon shahar partiya komiteti aʼzosi. 2-son yogʻ zavodida zarbdor mehnati uchun „Mehnat Bayrogʻi“ ordeni sohibi[1].

Hayoti va taʼlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dehqonboy Abduqayumov 1893-yili Qoʻqon shahrida o‘rta oilada tugʻilgan. Millati oʻzbek, otasi 1920-yili vafot etgan, ijtimoiy ahvoli — ishchi. Dastlab savodsizlikni tugatish maktabida, keyin Qoʻqon shahridagi kechki kommunistik partiya siyosiy maktabida oʻqigan. Oilada 4 nafar kishi boʻlgan. Dehqonboy Abduqayumov Qoʻqon shahri, Sexyor koʻchasi, 5- uyda yashagan. Shaxsiy varaqasi 1937-yil 21-mayda toʻldirilgan[2]. SSSR Oliy sudi Harbiy kollegiyasi sayyor sessiyasining 1938-yil 14-oktyabrdagi yigʻilishida Dehqonboy Abduqayumov otuvga hukm etilgan, hukm oʻsha kuni ijro etilgan[3].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mehnat faoliyati 1904-yili etikdoʻz ustada shogirdlikdan boshlangan, 1909-yildan 1916-yilgacha Isaqjonov ismli boy uyida ishchi boʻlib ishlagan[1].

1916—1933-yillarda 2-yogʻ zavodida formovshik, 1933 — 1934-yillarda Qoʻqon shahar soveti raisi, 1934-yil 1-aprelidan Qoʻqon shahar kasaba sovetining raisi boʻlib xizmat qilgan[1].

1930-yili Moskvada Butun Ittifoq Markaziy kasaba soyuz soveti s’ezdiga delegat boʻlgan, OʻzSSR Markaziy Ijroiya komitetiga aʼzo, 1933-yil Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetiga, 1932,1934,1937-yillarda Qoʻqon shahar partiya komitetiga aʼzo qilib saylangan[1]. 1932-yili OʻzSSR Markaziy Ijroiya komiteti 2-son yogʻ zavodida zarbdor mehnati uchun „Mehnat Bayrogʻi“ ordeni bilan taqdirlangan[1].

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Shamsutdinov, Rustambek. O‘zbekistonda sovetlarning qatag‘on siyosati va uning oqibatlari. Toshkent: "Sharq" nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2012 — 432 bet. ISBN 978-9943-00-481-8. 

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 Shamsutdinov, Rustambek. O‘zbekistonda sovetlarning qatag‘on siyosati va uning oqibatlari. Toshkent: "SHARQ" NASHRIYOT-MATBAA AKSIYADORLIK KOMPANIYASI, 2012 — 432 bet. ISBN 978-9943-00-481-8.. 
  2. OʻzR PDA, 58-fond, 65-roʻyxat, 5-ish, 94-95-varaqlar.
  3. RF FXXMA, 7-fond, 1-roʻyxat, 10-ish, 538-varaq.