Degidratlanish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Degidratlanish (de va gidratlanish) — anorganik yoki organik moddalardan suv ajralishi. 1) kimyoda — Degidratlanish termik jarayonda koʻpincha katalizatorlar (konsentrlangan sulfat, fosfat kislotalar, alyuminiy-oksid va b.) ishtirokida sodir boʻladi. Efirlar, kislota angidridlari, olefinlar va b. moddalar olishda qoʻllaniladi; 2) geologiyada — Degidratlanish yerpoʻstidakengtarqalgan jarayon boʻlib, foydali qazilmalarning hosil boʻlishida katta ahami-yatga ega. Mas, opal mineralining suvsizlanishidan xalsedon va kvars mine-rallari hosil boʻladi. Ular xalq xoʻjaligida keng qoʻllaniladi. Organizmda ham degidratlanish jarayoni boʻlib turadi, ular fer-mentlar ishtirokida roʻy beradi.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil