Defibrator

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Defibrator (de... va lot. fi bra - tola) — yogʻoch massasi tayyorlash uchun moʻl-jallangan apparat. Ishi yogoch payrahalarni maxsus metall disklar orasida ishqalash va ezishga asoslangan. Yogʻoch tayyorlash jarayonida ajralgan payraha va mayda tarashalarni D.ga solishdan oldin ular 1 — 1,2 MPa bosim ostida va 165—175° temperaturada bugʻlab yumshatiladi. D.da olingan massadan plitalar, qogʻoz tayyorlash va b. maqsadlarda foydalaniladi. D. yogʻochsozlik, mebelsozlik korxonalarida, qogʻoz f-kalarida qoʻllaniladi.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil