Dediman silk roud tashkent

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

"DEDIMAN SILK ROUD TASHKENT" (ingl. "Dediman Ipak yoʻli Toshkent") — 4 yulduzli mehmonxona; Toshkent shahrida joylashgan. 1970 yilda "Doʻstlik" mehmonxonasi nomi bilan ishga tushgan (voronejlik quruvchilar bunyol etgan). Taʼmirlash loyihasini "TAMAX" firmasi, qurilishini esa "Apeas" firmasi bajardi (2003). 2004 yildan hozirgi nomda. Taʼmir vaqtida mehmonxonaning ichki qiyofasi oʻzgartirildi, xonalar kengaytirildi, zamonaviy uskunalar bilan jihozlandi, mehmonlar uchun barcha qulayliklar yaratildi, bino qiyofasi mahobatli, zamonaviy koʻrinishga ega boʻldi. Mehmonxona 9 qavatli, 206 ta xonadan iborat; 1 oʻrinli 36 ta, 2 oʻrinli 48 ta, 2 oʻrinli (lyuks) 63 ta, 2 oʻrinli (su-per lyuks) 45 ta, 2 oʻrinli (aparta-mentli) 14 ta zamonaviy xonalar mavjud. Mehmonxona yer osti qava-tida garaj, texnik xonalar, 1-qavatda vestibyul, sogʻlomlashtirish majmuasi (ochiq va yopiq basseynlar bilan), ofis, maʼmuriy xonalar va doʻkonlar bor. 2-qavatda turar joy xonalari hamda restoran va xollar, 3—8-qavatda turar joy va xollar, 10-qavatda ochiq qahvaxona joylashgan.