Debretsen

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Debretsen — Vengriya sharqidagi shahar, Vengriya pasttekisligida. Xaydu-Bihar medyesining maʼmuriy markazi. Aholisi 208,4 ming kishi (1997). Yirik transport yoʻllari tuguni. Mamlakatning muhim iqtisodiy va madaniy markazi. Sanoatining asosini mashinasozlik (jumladan vagonsozlik, podshipniklar i. ch., tibbiyot asboblari, qishloq xoʻjaligi mashinalari) tashkil etadi. Metallni qayta ishlash, kimyo-farmatsevtika, oziqovqat, tikuvchilik, mebel i. ch., teri sanoati korxonalari mavjud. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Un-t, FA ning Quyosh fizikasi va atom tadqiqoti institutlari, muzeylar (etnografiya va b.), teatr bor. 18—19-asrlarga oid meʼmoriy yodgorliklari saqlangan. Balneologik kurort shahri. D. 10-asrdan maʼlum.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil