De rada Iyeronim

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

DE RADA (De Rada) Iyeronim (1814.29.11 — Makkya-Albanese, Kozensa, Italiya — 1903.28.2) — alban shoiri, olim, siyosiy arbob. Alban romantizmining asoschisi. 1848—49 y.lardagi italyan xalqining milliy ozodlik harakatida qatnashgan. "Milosao qoʻshiqlari" (1836), "Albancha qoʻshiq" (1866), "Baxtsiz Skandarbeg" (1886) dostonlarida alban xalqining mustaqillik uchun kurashini kuylagan. Bundan tashqari, "Alban tili grammatikasi", "Qadimiy alban tili", "Alban tilining oʻziga xos xususiyatlari" kabi ilmiy asarlari bor.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil