Dawon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Dawon
Tavalludi 16-aprel 1997-yil (1997-04-16) (27 yosh)
Seul, Janubiy Koreya
Fuqaroligi Koreya Respublikasi
Kasbi
  • qoʻshiqchi
  • aktrisa

Nam Da-won (koreyscha: 남다원; 1997-yil 16-aprelda tugʻilgan), Dawon nomi bilan tanilgan, janubiy koreyalik qoʻshiqchi va aktrisa boʻlib, „Starship Entertainment“ va „Yuehua Entertainment“ bilan shartnoma imzolangan. U Janubiy Koreya-Xitoy qizlar guruhi „WJSN“ aʼzosi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dawon Janubiy Koreyaning 2012-yilda efirga uzatilgan K-pop Star 2 realiti -shousining ikkinchi mavsumida ishtirok etgan. U bir muncha vaqt oʻtgach, „Starship Entertainment“ga stajyor sifatida qoʻshilgan.

2016-yil 25-fevralda „WJSN“ guruhida oʻzining birinchi Would You Like nomli mini-albomini va uning Mo Mo Mo va Catch Me asosiy singllari chiqargan.[1]

2016-yil 14-iyulda Dawonning birinchi saundtreki Shalala Romance Lucky Romance teleseriali uchun chiqarilgan.[2] Keyinchalik 2016-yilda Davon 19-iyuldan 27-sentyabrgacha "JTBC" telekanalida namoyish etilgan Girls Sirit qoʻshiq tanlovida ishtirokchi sifatida namoyon boʻlgan.[3] 2016-yilning 8-noyabrida Dawon guruhdoshi Junggigo bilan birgalikda Sweet Stranger and Me teleserialining saundtreki uchun I Will Love You Piece By Piece singlini chiqargan.[4] 2016-yil 17-dekabrda Dawon va „WJSN“ aʼzosi Yeonjung The Snow Queen 3: Fire and Ice ruscha bolalar filmining saundtrekidan olingan Fire & Ice qoʻshigʻining koreyscha talqinini ijro etishgan.[5][6] 2017-yil 5-noyabrda Revolutionary Love teleserialining bir qismi sifatida Go Ready Go saundtreki chiqarilgan.[7]

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 22-fevralda Dawon agentligi uning havotirlanish buzilishi tufayli faoliyatini vaqtincha toʻxtatishini tasdiqladi. Hozirda u sogʻligʻiga katta eʼtibor qaratmoqda.[8]

Diskografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nom Yil Peak Chart Sotuvlar Albom
KOR

"Stronger"

(Yeonjung bilan)
2022 Sequence

Saundtreklar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nom Yil Peak Chart Albom
KOR Gaon
"Shalala Romance" (샤랄라 로맨스) 2016 Lucky Romance OST Part 4
"I Will Love You Piece By Piece" (소소하게 조금씩)
(Junggigo bilan)
Sweet Stranger and Me OST Part 4
"Fire & Ice"
(Yeonjung bilan)
The Snow Queen 3: Fire and Ice OST
"Go Ready Go" 2017 Revolutionary Love OST Part 3

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „우주소녀 "많은 일 겪으며 준비, 데뷔 상상도 못했다"“ (ko). entertain.naver.com. Qaraldi: 2021-yil 27-iyun.
  2. „샤랄라 로맨스“ (ko). www.melon.com. Qaraldi: 2021-yil 28-iyun.
  3. Lee. „[단독피에스타부터 러블리즈까지, '걸스피릿' 12멤버 확정“]. Edaily (2016-yil 27-iyun). 27-iyun 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 27-iyun.
  4. „소소하게 조금씩“ (ko). www.melon.com. Qaraldi: 2021-yil 28-iyun.
  5. „Корейская группа сняла клип на песню из воронежской «Снежной Королевы 3»“ (ru). chr.aif.ru (2017-yil 4-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 28-iyun.
  6. „MV)) WJSN YeonJung, DaWon - Fire & Ice (The Snow Queen 3 OST) | Kpopmap“ (en-US). Kpopmap — Kpop, Kdrama and Trend Stories Coverage (2016-yil 19-dekabr). 2021-yil 19-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-avgust.
  7. „변혁의 사랑 OST Part.3“ (ko). www.melon.com. Qaraldi: 2021-yil 28-iyun.
  8. Yoon Gi-baek. „우주소녀 다원, 불안장애 진단→활동 중단 [전문“] (ko). Edaily (22-fevral 2022-yil). Qaraldi: 22-fevral 2022-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]