Kontent qismiga oʻtish

Davron G‘afurov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Davron G‘ofurovdan yoʻnaltirildi)

Vikipediyada Davron ismli va G‘afurov familiyali boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Davron Gʻofurov
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 4-avgust 1981-yil (1981-08-04) (43 yosh)
Toshkent viloyati
Boʻyi 173 sm
Mukofotlar Andoza:2-darajali Sogʻlom avlod uchun ordeni
Sport
Qaysi sport Boks

Gʻafurov Davron Dilmuradovich (1981-yil 4-avgust, Toshkent viloyati, O‘zbekiston SSR) — oʻzbek boks murabbiyi, oliy toifali murabbiy. IBA ning (Xalqaro boks asotsatsiyasi) 2 yulduzlik murabbiyi. Boks boʻyicha xalqaro sport ustasi.

Davron Gʻafurov 1981-yili Toshkent viloyati, Zangiota tumanida tavallud topgan. 15 yoshdan kikboks va boks sport turlari bilan shugʻullangan. Yoshlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionI (2010). 2011-yil Qozogʻistonning Atirau shahrida boʻlib oʻtgan turnirda 1-oʻrinni qoʻlga kiritgan. Xalqaro toifadagi sport ustasi.

Murabbiylik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2015-yildan boks sport turi boʻyicha murabbiylik faoliyatini Oʻzbekiston boks federatsiyasi zalida boshlagan[1]. Kattalar va yoshlar oʻrtasida jahon chempioni, yoshlar oʻrtasida olimpiada oltin medali sohibi Abdumalik Xaloqovning shaxsiy murabbiyi[2]. 2018-yildan Oʻzbekiston boks Terma jamoasi murabbiylaridan biri boʻlib ishlab kelmoqda[3][4].

2023-yilda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sport ustozi unvoni sohibi boʻlgan[5].

2024-yilda 2-darajali Sogʻlom avlod uchun ordeni faxriy unvoni berilgan[6].