Kontent qismiga oʻtish

Davron G‘afurov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Davron Gʻofurov
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 4-avgust 1981-yil (1981-08-04) (42 yosh)
Toshkent viloyati
Boʻyi 173 sm
Sport
Qaysi sport Boks

Gʻafurov Davron Dilmuradovich (1981-yil 4-avgust, Toshkent viloyati, O‘zbekiston SSR) — oʻzbek boks murabbiyi, oliy toifali murabbiy. 2023-yil Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sport ustozi unvoni sohibi boʻlgan[1].

Davron Gʻafurov 1981-yili Toshkent viloyati, Zangiota tumanida tavallud topgan. 15 yoshdan kikboks va boks sport turlari bilan shugʻullangan. Yoshlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionI (2010). 2011-yil Qozogʻistonning Atirau shahrida boʻlib oʻtgan turnirda 1-oʻrinni qoʻlga kiritgan. Xalqaro toifadagi sport ustasi.

Murabbiylik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2015-yildan boks sport turi boʻyicha murabbiylik faoliyatini Oʻzbekiston boks federatsiyasi zalida boshlagan[2]. Kattalar va yoshlar oʻrtasida jahon chempioni, yoshlar oʻrtasida olimpiada oltin medali sohibi Abdumalik Xaloqovning shaxsiy murabbiyi[3]. 2018-yildan Oʻzbekiston boks Terma jamoasi murabbiylaridan biri boʻlib ishlab kelmoqda[4][5].

2023-yil dekabr oyida „Oʻzbekistonda xizmat korsatgan sport ustozi“ unvoni bilan taqdirlangan. IBA ning (Xalqaro boks asotsatsiyasi) 2 yulduzlik murabbiyi. Boks boʻyicha xalqaro sport ustasi.