Davlatobod koʻchasi (Toshkent)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Davlatobod koʻchasi
Umumiy maʻlumotlar
Mamlakat Oʻzbekiston
Shahar Toshkent
Tuman Yangihayot
Uzunligi 1.5 km
Avvalgi nomlari Dnepr koʻchasi
Koʻchada joylashgan binolar Yoʻldosh dahasi 2-, 3-, 6-, 7-, 9-, 10-, 11-, 14-mavzelari
Yangihayot tumani xalq sudi

Davlatobod koʻchasi — Yangihayot tumani hududida. Qipchoq va Magʻrib koʻchalari oraligʻida joylashgan. Uzunligi 1,5 km atrofida. Toshkent zilzilasidan (1966) soʻng tumanda olib borilgan keng qamrovli qurilishlar tufayli 1974-yil tashkil topgan. 1997-yil 18-dekabrdan Davlatobod (ungacha Dnepr) nomi bilan yuritiladi[1].

Koʻcha yoʻnalishida koʻp qavatli va bir qavatli uylardan iborat Yoʻldosh dahasining 2-, 3-, 6-, 7-, 9-, 10-, 11-, 14-mavzelari, tuman xalq sudi, poliklinika, notarial idora, maktab, bogʻcha va turli servis xizmat koʻrsatish maskanlari joylashgan. Yaqinida xiyobon, sport majmuasi, bozor, savdo majmualari, aholiga xizmat koʻrsatish shoxobchalari hamda Chirchik daryosi bor.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.