Davlatgaray

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Davlatgaray — Qrim xonlarining nomi. D.- G.1 (?—1577) — xon (1551-yildan). Turkiya sultonining vassali. Polsha va ayniqsa Rossiyaga tez-tez hujumlar uyushtirib turgan. 1552-yil rus qoʻshinlarining Qozonga qilgan yurishiga toʻsqinlik qilishga harakat qilgan. Livon urushi paytida D.-G.1 Polsha qiroli bilan ittifoq tuzib, Rossiyaga bir necha bor yirik yurishlarni amalga oshirgan. 1569-yil turklarning Astraxonga qilgan harbiy yurishida ishtirok etgan. 1571-yil bahorida 120 ming kishilik qoʻshin bilan Rus davlatiga hujum qilib, may oyida Moskvaga oʻt qoʻygan, lekin 1572-yil qaytadan yurish qilganida ruslardan magʻlub boʻlgan. D.G.P (?—1724) - Salimgaray oʻgʻli; bir necha marta taxtni egʻallagan (1699— 1724). Qrim xonligidagi ichki ziddiyatlar (noʻgʻaylar isyoni, aka-uka Gʻozigaray, Qoplongaraylar bilan boʻlgan adovat) tufayli uning mavqei mustahkam boʻlmagan.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil