Davlat xizmati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Davlat xizmati — Maʼmuriy huquqning markaziy ins.laridan biri, davlat organlari vakolatlarining bajarilishini taʼminlash boʻyicha kasbiy faoliyat. Davlat xizmati — bu davlat tashkilotlari (organ, muassasa) xizmatchilarining davlat funksiyalari va vazifalarini amalga oshirishga yoʻnaltirilgan hamda xaq toʻlanadigan mehnat faoliyati. Davlat xizmatining mazmuni shaxs egallab turgan mansab (lavozim) orqali belgilanadi. Davlat xizmati huquqiy ins.i (huquqiy normalar majmuasi) kompleks hisoblanib, u maʼmuriy, mehnat, moliya, fuqarolik va b. huquq sohalarining normalarini oʻz ichiga oladi. Davlat xizmati siyosiy maʼnoda:

  • davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan faoliyat;
  • davlatning maqsad va vazifalariga barcha ishlab chiqarilgan siyosiy kuchlar orkali erishish;
  • jamiyatdagi muvozanatning asosiy koʻrinishidir.
  • Huquqiy maʼnoda esa, davlat — xizmat munosabatlarini huquqiy oʻrnatish;
  • mansab majburiyatlari, xizmatchilarning vakolatlari, davlat organlarining kompetensiyasi bajarilishini taʼminlashni anglatadi.

Davlat xizmatini tashkil etish va amalga oshirish, davlat xizmatchisining yuridik statusini belgilash Davlat xizmati va mexnat haqidagi qonun xujjatlariga asosan belgilanadi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi