Davlat xavfsizligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Davlat xavfsizligi — davlatning suverenitetini, konstitutsiyaviy tuzumini, aholining tinch turmush tarzini, chegaralarning daxlsizligini hamda hududiy yaxlitligini taʼminlashga qaratilgan choralar tizimi. OʻzR davlat xavfsizligi sohasi OʻzR Prezidentining 1991-y. 25-avgustdagi va 26-sentyabrdagi farmonlari asosida tashkil etilgan OʻzR Milliy xavfsizlik xizmati tomonidan boshqariladi. OʻzR Milliy xavfsizlik xizmati va uning joylardagi organlari xorijiy davlatlar va xorijiy tashkilotlar maxsus xizmatlarining Oʻzbekistonga qarshi razvedka — qoʻporuvchilik faoliyati b — n kurash olib boradilar , OʻzRning mustaqilligini, konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy butunligini, iqtisodiy, ilmiy — texnikaviy va mudofaa qudratini gʻayriqonuniy tajovuzlardan himoya qilishni amalga oshiradi. OʻzR Milliy xavfsizlik xizmati OʻzR hokimiyat va boshqaruv organlarining ishlashini nodoʻstlik kayfiyatidagi davlatlar va Kons.ga qarshi ichki tuzilmalar maxsus xizmatlarining razvedka — qoʻporuvchilik va b . xil jinoiy tajovuzlaridan samarali himoya qilish uchun javobgardir va OʻzR Prezidenti hamda Oliy Majlisi Senati oldida muntazam ravishda hisob berib turadi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi