Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati (Oʻzbekiston Respublikasida) - davlat sanitariya-epidemiologiya nazoratini amalga oshiradigan tibbiy-profilaktik muassasa. Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyasining 93-moddasi 21-bandiga muvofiq tashkil etiladigan Davlat nazorati tashkilotlari turkumiga kiradi. Respublika Sogʻliqni saqlash vazirligi davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati departamentiga boʻysunadi. Oʻzbekiston Respublikasining "Davlat sanitariya nazorati toʻgʻrisida"gi qonunga (1992 yil 3 iyul) asosan D.s.e.n. sanitariya qonunlari, qoida va meʼyorlari buzilishining oldini olish, aniklash va ularga chek qoʻyishga qaratilgan. Hoz. respublika, viloyat, tuman va shahar D.s.e.n. markazlari faoliyat koʻrsatadi. Respublika Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, "Oʻzbekiston havo yoʻllari" milliy aviakompaniyasi va "Oʻzbekiston temir yoʻllari" kompaniyasi tizimida ham D.s.e.n. mavjud. D.s.e.n. markazlari maʼmuriy hududlarda sanitariyaga oid va epidemiyaga qarshi kurash tadbirlarining oʻtkazilishini taʼminlaydi, mulkchilikning shakllaridan qatʼi nazar davlat, qoʻshma, jamoa va xususiy korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar hamda yakka tartibda faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlar tomonidan sanitariya-gigiyena normalariga rioya qilinishi ustidan D.s.e.n.ni amalga oshiradi va sanitariya-epidemiologik barqarorlikni taʼminlash boʻyicha tegishli takliflarni tayyorlaydi.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil