Davlat naslchilik korxonasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Davlat naslchilik korxonasi — Oʻzbekistonda naslchilik ishlari bilan shugʻullanuvchi muassasa. Chorvachilikda "Naslxizmat" Respublika naslchilik uyushmasi tarkibiga kiradi. Toshkent viloyati Qibray tumani Tuzel qishlogʻida joylashgan. 1956 yil 28 dekabrda Toshkent davlat otchilik korxonasi (stansiyasi) oʻrnida chorva hayvonlarini sunʼiy urugʻlantirish st-yasi sifatida tashkil etilgan. Asosiy vazifasi viloyat, tuman naslchilik birlashmalari, xoʻjaliklarni sermahsul naslli buqalar urugʻi bilan taʼminlaydi. Korxona oʻzida boqiladigan qora-ola, shvits, kizil choʻl va b. kora-mol zotlari buqalaridan urugʻ oladi, uning sifatini baholaydi, shisha naychalarga joylaydi va muzlatadi. 1968 yildan urugʻlar suyuq azotda (—196°) granula holida muzlatiladi va xoʻjaliklarga yetkazib beriladi.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil