David Musil

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
David Musil
Musil Bakersfield Condors klubida
Tugʻilgan joyi 9-aprel 1993-yil (1993-04-09) (30 yosh)
Calgary, Alberta, Kanada
Boʻyi 6 ft 4 in (193 cm)
Ogʻirligi 207 lb (94 kg; 14 st 11 lb)
Pozitsiyasi himoyachi
Maydondagi joylashgan oʻrni chap qanot
ELH
Sobiq jamoalar
HC Oceláři Třinec
Edmonton Oilers
Milliy jamoa  Chexiya
NHLga kirish drafti 31-oʻrindagi tanlov, 2011
Edmonton Oilers
Jamoalardagi faoliyat 2013—hozirgacha

David Musil (talaffuzi: Devid Musil) (1993-yil 9-aprelda tugʻilgan) — Kanadada tugʻilgan chex xokkeychisi. David Musil hozirda Chexiya Ekstraligasi (ELH) vakili „HC Oceláři Třinec“ xokkey klubi bilan shartnoma asosida oʻynamoqda. David Musil „Edmonton Oilers“ klubi safiga 2011-yilgi NHL kirish loyihasida 31-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilingan edi. Musil Kanadada tugʻilgan, ammo Chexiyada oʻsgan. U Chexiya sharafini xalqaro oʻyinlarda himoya qiladi.

Oʻyin faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

David Musil 2005 va 2006-yillarda Quebecdagi Xalqaro Pee-Wee xokkey turnirlarida „Chomutov“ yoshlar xokkey jamoasi bilan oʻynagan[1].

Musil oʻzining dastlabki xokkey karyerasini Gʻarbiy xokkey ligasida (WHL) aylanma tarzda boshladi. Chunki David Musil Kanadada yashamagani uchun dastlab liganing bantam loyihasida qatnashgan. Oilaning tez orada Vancouverga koʻchib oʻtishini bilgan otasi Frank Muslin oʻgʻli David Musilning huquqlarini himoya qilish uchun „Vancouver Giants“ xokkey klubiga murojaat qildi. Bu xabar ommaga eʼlon qilingandan soʻng, WHLdagi boshqa jamoalar norozilik bildirishdi va liga Musilning ligadagi dastlabki manzilini aniqlash uchun lotereya loyihasini oʻtkazishga qaror qildi.

WHLdagi yangi mavsum davomida David Musil „Vancouver Giants“ xokkey klubi bilan 71 ta oʻyinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 25 ta golli uzatmani amalga oshirdi[2]. „Vancouver Giants“ klubining oʻyinchilar boʻyicha direktori James Ripplinger Musilning mavsumdagi oʻyinini yuqori baholadi: „Uning bosim ostida, hech qanday xatoga yoʻl qoʻymasdan, shayba bilan oʻzini tutishi juda yaxshi edi; U juda ishonchli xokkeychi edi“.

2011-yilgi NHLga kirish loyihasi paytida David Musil „Edmonton Oilers“ xokkey klubi safiga 31-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi. 2012-yil 30-iyun kuni David Musil „Edmonton Oilers“ xokkey klubi bilan boshlang‘ich darajadagi shartnomasini (uch yillik) imzoladi. 2014—2015-yilgi mavsumda David Musil klub safida maydonga tushdi. David Musil NHLdagi ilk oʻyinini 2016-yil 4-aprelda „Calgary Flames“ xokkey klubiga qarshi uchrashuvda oʻtkazdi. Ushbu uchrashuvda David Musil oʻzining birinchi ochkosini, ikkinchi oʻyinida golli uzatmasini qayd etdi.

2016-yilning 29-iyulida David Musil „Edmonton Oilers“ xokkey klubi bilan yana bir yillik ikki tomonlama shartnoma imzoladi. 2016—2017-yilgi mavsumda Musil „Bakersfield Condors“ xokkey klubi bilan 47 ta oʻyinda maydonga tudshib, 14 ochko toʻpladi. David Musil „Edmonton Oilers“ klubi tomonidan 2017-yilning 6-martida Mark Olver evaziga boshqa AHL klubi „Tucson Roadrunners“ jamoasiga yuborildi[3].

Musil „Edmonton Oilers“ klubi bilan 8 ta mavsumdan soʻng, oʻz vataniga qaytishni tanladi va 2017-yilning 31-iyulida „Extraliga“ vakili „HC Oceláři Třinec“ xokkey klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi[4].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muntazam mavsum Pley-off oʻyinlari
Mavsum Klub Liga Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti
2009—2010 Vancouver Giants WHL 71 7 25 32 67 16 2 2 4 8
2010—2011 Vancouver Giants WHL 62 6 19 25 83 4 0 1 1 2
2011—2012 Vancouver Giants WHL 59 6 21 27 104
2012—2013 Vancouver Giants WHL 14 2 6 8 18
2012—2013 Edmonton Oil Kings WHL 48 7 16 23 56 22 0 6 6 26
2013—2014 Oklahoma City Barons AHL 61 2 10 12 54 2 0 1 1 0
2013—2014 Bakersfield Condors ECHL 3 1 0 1 2
2014—2015 Oklahoma City Barons AHL 65 2 9 11 35 6 0 0 0 6
2014—2015 Edmonton Oilers NHL 4 0 2 2 2
2015—2016 Bakersfield Condors AHL 67 3 11 14 39
2016—2017 Bakersfield Condors AHL 47 4 10 14 34
2016—2017 Tucson Roadrunners AHL 13 0 4 4 6
2017—2018 HC Oceláři Třinec ELH 52 1 5 6 22 18 0 1 1 28
2018—2019 HC Oceláři Třinec ELH 51 1 13 14 51 17 1 3 4 12
2019—2020 HC Oceláři Třinec ELH 48 1 11 12 52
2020—2021 HC Oceláři Třinec ELH 50 0 10 10 56 16 0 3 3 16
NHL jami 4 0 2 2 2

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Jamoa Tadbir Natija Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti
2009-yil Chexiya U18 6 6 0 1 1 6
2011-yil Chexiya U18 8 5 0 0 0 6
2012-yil Chexiya WJC 5 5 0 0 0 4
2013-yil Chexiya WJC 5 6 0 0 0 18
2019-yil Chexiya WC 4 10 0 1 1 2
2021-yil Chexiya WC 7 8 0 1 1 0
Oʻsmirlar safida 22 0 1 1 34
Kattalar safida 18 0 2 2 2

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Pee-Wee players who have reached NHL or WHA“. Quebec International Pee-Wee Hockey Tournament (2018). 2019-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 6-yanvar.
  2. „David Musil Edmonton Oilers“. Edmonton Oilers. Qaraldi: 2013-yil 30-dekabr.
  3. „Olver loaned to Condors, Musil re-assigned“. Bakersfield Condors (2017-yil 6-mart). Qaraldi: 2017-yil 6-mart.
  4. „David Musil returns after 8 seasons overseas“ (Czech). hokej.cz (2017-yil 31-iyul). Qaraldi: 2017-yil 31-iyul.