David McDermott

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
David McDermott
McDermott York City klubida 2011-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi David Anthony McDermott[1]
Tavallud sanasi 6-fevral 1988-yil (1988-02-06) (36 yosh)
Tavallud joyi Stourbridge, Angliya
Boʻyi 1.85 m[2]
Ampluasi qanot hujumchisi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
0000—2004 Walsall
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2004—2008 Walsall 14 (0)
2007Halesowen Town (ijara) 4 (2)
2008—2010 Kidderminster Harriers 46 (1)
2010Halesowen Town (ijara) 5 (2)
2010—2012 York City 17 (1)
2012 AFC Telford United 0 (0)
2012 Stourbridge
2012—2014 Rushall Olympic
2014 Worcester City 8 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2016-yil 28-oktyabr uchun)

David Anthony McDermott (talaffuzi: Devid Entoni MakDermott) (1988-yil 6-fevralda tugʻilgan) — angliyalik professional futbolchi. David McDermott „Walsall“ futbol klubida qanot hujumchisi sifatida oʻynagan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Walsall[tahrir | manbasini tahrirlash]

David McDermott Angliyaning Stourbridge shahrida tugʻilgan. McDermott „Walsall“ futbol klubining yoshlar jamoasida tarbiyalangan. David McDermott 2004-yil 25-avgustda „Walsall“ futbol klubi safida „Sheffield Wednesday“ futbol klubiga qarshi oʻyinda (1:0 hisobida magʻlubiyat) oʻzining ilk oʻyinini oʻtkazgan. Bu uchrashuv David McDermottning 2004—2005-yilgi mavsumdagi yagona oʻyini edi[3]. David McDermott 2005—2006-yilgi mavsumni uchta oʻyin bilan yakunlagan va 2006-yilning may oyida „Walsall“ futbol klubi bilan birinchi professional shartnomasini imzolagan[4][5]. David McDermott 2007-yil 4-yanvarda „Halesowen Town“ futbol klubiga bir oylik ijara shartnomasi asosida qoʻshilgan[6]. David McDermott klub safida toʻrtta oʻyinda maydonga tushgan va ikkita gol urgan[7]. David McDermott 2007—2008-yilgi mavsumni „Walsall“ futbol klubi tarkibida 15 ta oʻyinda yakunlagan. Shundan soʻng, David McDermott 2008-yilning 7-mayida klubni tark etgan[8][9].

Kidderminster Harriers[tahrir | manbasini tahrirlash]

David McDermott avgust oyida sinovdan oʻtgandan soʻng, „Kidderminster Harriers“ futbol klubi safiga qoʻshilgan[10]. David McDermott 2008—2009-yilgi mavsumni „Kidderminster“ klubi safida 29 ta oʻyin va bitta gol bilan yakunlagan va 2009-yilning iyulida klub bilan yangi bir yillik shartnoma imzolagan[11][12]. David McDermott 2010-yil 17-fevralda „Halesowen“ futbol klubi safiga yana bir oylik shartnoma asosida qoʻshilgan[13]. David McDermott klub safidagi ijara muddatini mart oyida beshta oʻyin va ikkita gol bilan yakunlagan[14]. David McDermott 2009—2010-yilgi mavsum oxirida „Kidderminster“ futbol klubi safida 25 tauchrashuv oʻtkazgan[15][16].

York City[tahrir | manbasini tahrirlash]

David McDermott 2010-yil iyul oyida „York City“ futbol klubi safiga qoʻshilgan[17][18].

Keyingi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

"York City" futbol klubida asosiy jamoaga kira olmagan McDermott 2012-yil 6-yanvarida klubni tark etgan va keyinchalik „AFC Telford United“ futbol klubi safiga sinov muddati uchun chaqirilgan[19][20]. David McDermott 2012-yilning 6-fevralida „AFC Telford“ futbol klubi bilan shartnoma imzolagan, biroq klubning tarkibida birorta ham oʻyinda maydonga tushmagan[21][22]. Keyinchalik David McDermott 2011—2012-yilgi mavsumning qolgan qismida „Stourbridge“ futbol klubi jamoasiga qoʻshilgan[23]. McDermott 2012-yil 29-sentyabrda Shimoliy Premyer liga vakili „Rushall Olympic“ futbol klubi bilan shartnoma imzolagan va klub safida 2012—2013 va 2013—2014-yilgi mavsumlarida oʻynagan[23][24]. David McDermott 2014-yilning 7-avgustida „Worcester City“ futbol klubi jamoasiga qoʻshilgan[25].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yil 18-oktyabr holatiga ko'ra;
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollar
Klub Mavsum Liga Mamlakat kubogi Liga kubogi Boshqa Jami
Boʻlim Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Walsall 2004—2005 Birinchi liga 0 0 0 0 1 0 0 0 1 0
2005—2006 Birinchi liga 1 0 1 0 0 0 1 0 3 0
2006—2007 Ikkinchi liga 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
2007—2008 Birinchi liga 13 0 1 0 0 0 1 0 15 0
Jami 14 0 2 0 1 0 2 0 19 0
Halesowen Town (ijara) 2006—2007 Milliy liga 4 2 4 2
Kidderminster Harriers 2008—2009 Premyer konferensiya 23 0 1 0 5 1 29 1
2009—2010 Premyer konferensiya 23 1 2 0 0 0 25 1
Jami 46 1 3 0 5 1 54 2
Halesowen Town (ijara) 2009—2010 Milliy liga 5 2 5 2
York City 2010—2011 Premyer konferensiya 17 1 3 0 1 0 21 1
Worcester City 2014—2015 Milliy liga 8 0 1 0 0 0 9 0
Jami 94 6 9 0 1 0 8 1 112 7

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. The PFA Footballers' Who's Who 2008–09. Mainstream Publishing, 2008 — 273 bet. ISBN 978-1-84596-324-8. 
  2. „Player Profiles“. Walsall F.C. 2011-yil 24-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 19-iyul.
  3. „Games played by David McDermott in 2004/2005“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 20-avgust 2014-yil.
  4. „Games played by David McDermott in 2005/2006“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 20-avgust 2014-yil.
  5. „Saddlers release goalkeeper Oakes“. BBC Sport (9-may 2006-yil). Qaraldi: 12-iyul 2011-yil.
  6. „Young Duo Head Out on Loan“. Walsall F.C (4-yanvar 2007-yil). 24-iyul 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-avgust 2010-yil.
  7. „Player Details: Season 2006–2007“. SoccerFactsUK. 2022-yil 4-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-noyabr.
  8. „Games played by David McDermott in 2007/2008“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 20-avgust 2014-yil.
  9. „Wrack and Roper leaving Saddlers“. BBC Sport (7-may 2008-yil). Qaraldi: 12-iyul 2011-yil.
  10. „Harriers sign on four trialists“. BBC Sport (5-avgust 2008-yil). Qaraldi: 12-iyul 2011-yil.
  11. Non-League Club Directory 2010 Williams: . Tony Williams Publications, 2009 — 110–111 bet. ISBN 978-1-869833-66-4. 
  12. „McDermott signs new Harriers deal“. BBC Sport (1-iyul 2009-yil). Qaraldi: 14-avgust 2011-yil.
  13. „Yeltz borrow Harriers' winger“. Non-League Daily (18-fevral 2010-yil). 28-sentabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-fevral 2010-yil.
  14. „Duo close: Finners & Macca Due Back“. Kidderminster Harriers F.C (22-mart 2010-yil). 2010-yil 24-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-avgust 2010-yil.
  15. „Kidderminster agree terms with three younger players“. BBC Sport (28-may 2010-yil). Qaraldi: 12-iyul 2011-yil.
  16. Non-League Club Directory 2011 Williams: . Tony Williams Publications, 2010 — 112–113 bet. ISBN 978-1-869833-68-8. 
  17. Flett, Dave. „Quartet of trialists hope to catch eye of York City manager Martin Foyle“. The Press (13-iyul 2010-yil). Qaraldi: 14-avgust 2011-yil.
  18. Flett, Dave. „York City boss Martin Foyle impressed by trialist David McDermott“. The Press (19-iyul 2010-yil). Qaraldi: 14-avgust 2011-yil.
  19. Flett, Dave. „David McDermott exits York City as Challinor signs fresh deal“. The Press (5-yanvar 2012-yil). 16-yanvar 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-yanvar 2012-yil.
  20. „Crunch for AFC Telford as Andy Brown moves on“. Shropshire Star (6-yanvar 2012-yil). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-yanvar 2012-yil.
  21. „AFC Telford hope to blood winger David McDermott in friendly“. Shropshire Star (6-fevral 2012-yil). 2016-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-fevral 2012-yil.
  22. „Games played by David McDermott in 2011/2012“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 5-yanvar 2012-yil.
  23. 23,0 23,1 „Player: David McDermott“. Footballdatabase.eu. Qaraldi: 20-avgust 2014-yil.
  24. „Olympic complete double signing“. Rushall Olympic F.C (29-sentabr 2012-yil). Qaraldi: 20-avgust 2014-yil.
  25. Carley, Steve. „Trio are signed as City season looms“. Worcester News (7-avgust 2014-yil). Qaraldi: 20-avgust 2014-yil.