David Jak Lui

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

DAVID (David) Jak Lui (1748.30.8, Parij — 1825.29.12, Bryussel) — fransuz rassomi, inqilobiy klassitsizmning yetakchi namoyandasi. Parijdagi Qirollik rassomlik va haykaltaroshlik akademiyasida (1766—74; 1784 y.dan akademik), 1775—80 y.larda Rimda taʼlim olgan. Qad. tarixiy mavzulardagi asarlarida klassitsizm xususiyatlari koʻzga tashlanadi ("Goratsiylar qasamyodi", 1784; "Liktorlar Brutga uning oʻgʻli jasadini keltirmoqdalar", 1789 va b.). Ulug fransuz inqilobi (1789—94)da faol qatnashgan, yakobinchilar Konventi aʼzosi boʻlgan. Qahramon zamondoshlari qiyofasini aks ettirgan asarlar yaratgan ("Toʻp oʻynaydigan zalda qasamyod", 1791; "Maratning oʻlimi", 1793 va b.). Termidorianlar toʻntarishidan soʻng inqilobiy harakatdan chetlashdi. Direktoriya yillari, keyinroq Imperiyada D. Napoleonning birinchi rassomi boʻlgan. Koʻrinishda yoqimli, tantanavor (saroybop) asarlar ("Napoleon Sen-Bernardan oʻtishda", 1800; "Napoleonning Jozefinaga toj kiydirishi", 1805—07 va b.), oʻta nafis portretlar ("Madam Rekamye", 1800 va b.) yaratdi. Ayni paytda realistik portretlari ham dunyoga keldi ("Grendl oilasidan oʻsmir portreta", 1816 va b.). Burbonlar hokimiyatga qaytishi bilan Bryusselga ketadi.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil