Dave van den Bergh

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Dave van den Bergh
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Dave van den Bergh
Tavallud sanasi 7-may 1976-yil (1976-05-07) (47 yosh)
Tavallud joyi Amsterdam, Niderlandiya
Boʻyi 6 ft 3 in (1.91 m)
Ampluasi yarim himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1986—1995 Ajax
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1995—1997 Ajax 12 (1)
1997—2000 Rayo Vallecano 47 (6)
2000—2006 FC Utrecht 184 (29)
2006 Kansas City Wizards 13 (3)
2007—2008 New York Red Bulls 55 (9)
2009 FC Dallas 30 (3)
Milliy terma jamoa
2004 Niderlandiya 2 (0)
Boshqargan klublari
2010—2016 AQSh U20 (assistent)
2016—2018 AQSh U15
2018 AQSh U19
2019— New England Revolution (assistent)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Dave van den Bergh (talaffuzi: Deyv van den Berg; 1976-yil 7-mayda Amsterdamda tugʻilgan) — gollandiyalik futbolchi.

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dave van den Bergh Amsterdamning „Ajax“ futbol maktabi bitiruvchisi boʻlib, u yerda 1986-yildan 1995-yilgacha toʻqqiz yil tahsil olgan. Dave Berghning „Ajax“ futbol klubining asosiy jamoasidagi debyuti 1996-yil 25-fevralda „Heerenveen“ futbol klubiga qarshi oʻyinda boʻlib etgan va u „Ajax“ futbol klubining 6:2 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlangan. Ikki yil ichida Dave Bergh 12 oʻyin oʻtkazib, bitta gol urgan, shu bilan birga 1995—1996-yilgi mavsumda Gollandiya chempioni boʻlgan. 1997-yilda Dave Bergh Ispaniyaning „Rayo Vallecano“ futbol klubiga oʻtgan va u yerda uch yil davomida 47 ta oʻyin oʻtkazib, 5 ta gol urgan.

2000-yilda Dave Bergh Niderlandiyaga qaytib, „Utrecht“ futbol klubi futbolchisiga aylangan. „Utrecht“ futbol klubi tarkibida Dave Bergh ikki marta Gollandiya kubogini qoʻlga kiritgan, 2003-yilda „Feyenoord“ futbol klubini 4:1 hisobida magʻlub etgan va 2004-yilda final oʻyinida „Twente“ futbol klubini 1:0 hisobida magʻlub etgan. 2004-yilda Dave van den Bergh „Ajax“ futbol klubini 4:2 hisobida magʻlub etib, Gollandiya Superkubogini qoʻlga kiritgan. Jami Dave Bergh „Utrecht“ futbol klubi safida 184 ta o‘yin o‘tkazib, 29 ta gol urgan.

2006-yil 2-iyunda Dave Bergh MLSning „Kansas City Wizards“ futbol klubi bilan shartnoma imzolagan. U klub safida 13 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urgan.

2009-yil 12-yanvarda Dave Bergh „Dallas“ futbol klubiga Dominik Oduro oʻrniga almashtirilgan. Bir mavsumni shu klubda oʻtkazgach, futbolchilik faoliyatini yakunlagan[1][2].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dave Bergh Gollandiya terma jamoasi uchun 28 yoshida debyutini 2004-yil 18-avgustda Shvetsiyaga qarshi oʻyinda 2:2 hisobida yakunlagan edi. Dave Bergh ikkinchi va oxirgi oʻyinini 2004-yil 3-sentyabrda Liechtenstein terma jamoasiga qarshi oʻtkazgan. Ushbu oʻyin Gollandiyaning 3:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlangan. Dave Bergh maydonda 46 daqiqa oʻtkazganidan soʻng almashtirilgan.

Murabbiylik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dave Bergh ikki marta AQShning 20 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasida yordamchi murabbiy boʻlib ishlagan. AQShning 15 va 17 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar terma jamoalariga murabbiylik qilgan[3].

2019-yilning 1-iyulida Dave Bergh „New England Revolution“ futbol klubi murabbiylar shtabiga Bryus Arenaning yordamchisi sifatida qo‘shilgan[4].

Statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Liga Oʻyin Gol
Ispaniya birinchi divizioni 196 30
Ispaniya ikkinchi divizioni 22 4
UEFA kubogi 12 2
Oliy liga 71 12

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Steve Hunt. „FCD fill flank void with van den Bergh“ (en). MLSnet.com (2009-yil 13-yanvar). 2009-yil 17-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 17-yanvar.
  2. „Red Bulls deal Van Den Bergh to FC Dallas“ (en). SBI Soccer (2009-yil 13-yanvar). 2018-yil 24-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 23-avgust.
  3. „Dave van den Bergh - Assistant Coach“ (en). New England Revolution. 2022-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-iyun.
  4. „Revolution hire Dave van den Bergh as assistant coach“ (en). New England Revolution (2019-yil 25-iyun). 2020-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 7-noyabr.