Daston

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Daston (fors.-arab.— barmoq oʻrni, bosqich, parda) — 8—9-asrlarda cholgʻu sozlarining dastasida barmoq bosiladigan joy (yaardo)larning nomi. Forobiy "Musiqa haqida katta kitob" asarida oʻz davri musiqa amaliyotida qoʻllanilgan pardalar nomini keltirgan. Mas, D. assabboba (koʻrsatkich barmoq pardasi), D. vusto (oʻrta barmoq pardasi), D. binsir (nomsiz barmoq pardasi), D. hinsir (jimjiloq barmoq pardasi) va b. 13—14-asrlarda D. oʻrniga maqom atamasi ishlatilgan.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil