Dashti Qipchoq oʻzbeklari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Dashti Qipchoq oʻzbeklari - qadimdan Dashti Qipchoqning sharqiy qismida koʻchib yurgan turkiy-moʻgʻul qabilalari. Arlot, bahrin, burqutyaar, doʻrmon, iyjon, xitoy, qarluqlar, mojor, qipchoq, qiyot, qoʻngʻirot, qurlovut, mangʻit, naymam, nukuz, tangut, uygʻurlar, markit, qoʻshchi, oʻtarchi, jot, chimboy, kenagas, uyshun, tuboyi, toymas, echki, tuman-ming, shodbaxtli, shunqorli va boshqa qabilalar 13-asr oxiri va 14— 16-asrlarda oʻtgan Sharq tarixchilari tomonidan umumiy bir nom bilan "oʻzbek" deb atalgan. Hamdulloh Qazviniy (1281 — 1350) ning "Tarixi guzida" ("Tanlangan tarix") asarida Oltin Oʻrda xoni Oʻzbekxonta tobe yerlar va xalqlar haqida fikr yuritiladi va bu qabilalar "oʻzbekiyon" ("oʻzbekiylar"), ular koʻchib yurgan yerlar, yaʼni Sharqiy Dashti Qipchoq esa "mamlakati oʻzbek" ("oʻzbek mamlakati") deb koʻrsatiladi. "Oʻzbek" atamasini qabilalar uyushmasi va shu qabilalarga qarashli yerlarning nomi sifatida Oʻzbekxon davriga qadar ham qoʻllanilgan. Mac, Mirzo Ulugʻbek oʻzining "Tarixi arbaʼ ulus" ("Toʻrt ulus tarixi") nomli tarixiy asarida, Oʻzbekxonning hokimiyat tepasiga kelishi zikrida, "oʻzbek ulusi unga berildi", deb yozadi. Roʻzbexon "Mehmonnomai Buxoro" kitobida Dashti Qipchoq oʻzbeklari 3 toifadan: shayboniylar (Shaybon ulusiga kirgan oʻzbeklar), qozoqlar va mangʻitlarsan tashkil topganligini koʻrsatadi. Shaybon ulusi, manbalarning maʼlumotlariga koʻra, 1238 yilda tashkil topgan va Ural togʻining etaklaridan Tobol va Sarisuv daryolarigacha boʻlgan yerlarni oʻz ichiga olgan [uning jan. chegarasi Orol dengizining shim. sohili, shim. chegarasi esa Chingi Tura (Tura)da boʻlgan]. Mangʻit ulusi Emba bilan Yoyiq daryolari oraligʻidagi yerlarga joylashgan. Mangʻitlar 15-asrning 30 yillarida Abulxayrxonta boʻysundilar. Qozoklar atamasi etnonim sifatida 1446 yildan boshlab paydo boʻldi. Oq Oʻrda xoni Oʻrusxon avlodi boʻlgan sultonlar: Girayxon (Kirayxon) va Jonibek 15-asrning 40- yillarida Abulxayrxonga boʻysunishdan bosh tortib, oʻz tarafdor-tobelari bilan Chu va Yettisuv vohasiga qochib ketdilar va oradan koʻp oʻtmay Qozoq xonligiga asos soldilar (1465 yil). Abulxayrxondan qochib ketgan bu qabilalar tarixda "oʻzbek-qozoq" nomini oldilar.

Dashti Qipchoq oʻzbeklari asosan chorvachilik bilan shugʻullangan, vohalarda qisman dehqonchilik qilishgan. Dashti Qipchoq oʻzbeklari faqat Oʻzbekxon zamonida islom dinini qabul qilganlar, lekin ularning urfodatlarida maʼjusiylikning ayrim alo-matlari saqlanib qolgan. Keyingi asrlarda Dashti Qipchoq oʻzbeklari Oʻrta Osiyo va Sharqiy Turkistondagi bir necha xalqning tarkibiga kirgan.

Yana q.[tahrir]

Adabiyot[tahrir]

  • Boʻriboy Ahmedov. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil