Daryo harbiy flotiliyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Daryo harbiy flotiliyasi - daryo harbiy kemalari va daryo qirgʻogʻidagi maxsus harbiy qismlar birlashmasi. Vazifasi — dushmanning daryo kemalariga qarshi kurashda yoki jangda qirgʻoqdagi qoʻshinlarga yordamla-shish, xalq xoʻjaligi mulklari hamda harbiy yuklarni qoʻriklash, davlatning daryo chegarasini muhofaza qilish. D. h. f. tarkibiga turli daryo harbiy qismlari: har xil qayiq va kemalar, zirhli katerlar, maxsus harbiy kemalar, dengiz, yer va havo artilleriya batareyasi va b. kiradi. D. h. f. Rossiyada dastlab 18-asrda tuzilgan. 1733—34-yillarda tuzilgan Don flotiliyasi turk qoʻshinlariga qarshi jangda ishtirok etgan. 1771-yil tuzilgan Dunay harbiy flotiliyasi Izmail qalʼasini bosib olishda katta yordam qilgan. Azov, Kaspiy, Oq dengiz, Volga, Don, Amudaryo, Amur va b. harbiy flotiliyalari fuqarolar urushi davridagi janglarda ishtirok etganlar. Ikkinchi jahon urushi yillarida D. h. f. Volga boʻylab Stalingrad va Don fronti qoʻshinlariga oziq-ovqat, kiyim-kechak, doridarmon va qurollar yetkazib turgan (yana q. Amudaryo harbiy flotiliyasi).

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil