Kontent qismiga oʻtish

Darvesh Muhammad Toqiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Darvesh Muhammad Toqiy (15-asr 2-yarmi — 16-asr boshlari, Hirot) — mashhur xattot, nastaʼliq xati ustasi. Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy bilan hamsuhbat boʻlgan, ularning asarlarini chiroyli nastaʼliq xatida koʻchirgan. D.M.T. koʻchirgan qoʻlyozma kitoblar: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida Husayn Voiz Koshifiyning "Lubob ul-albob" (Rakami — 2227, 1477-yilda koʻchirilgan), Alisher Navoiyning uchta terma devoni (R—3479, 4007, 7701; 15-asr oxiri — 16-asr boshlari), Abdurahmon Jomiyning "Bahoriston" (R—3376/1, 15-asr oxiri), Muhammad Tohiriy Gʻazzoliyning "Maʼrifat ul-mazohib" (R—3376, 1502-yil) asarlari; Sankt-Peterburgdagi Saltikov-Shchedrin nomidagi ommaviy kutubxonada Nizomiy Ganjaviyning "Hamsa"si (Dorn 338, 1482-yil), Istanbuldagi Toʻpqopu saroyi kutubxonasida Alisher Navoiyning hayotligida tartib berilgan moʻʼtabar "Kulliyot"i (26 asarni oʻz ichiga olgan, 802 varakdan iborat) rasmli qoʻlyozma kitobi (R-808, 1497—1500-yillar) saqlanadi.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil