Darvesh Mashhadiy II

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Darvesh Mashhadiy II (15–16-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan mashhadlik shoir. Uning nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olingan. Аlisher Navoiy uni Darvesh Ravgʼangar bilan adashtirmaslik kerakligini taʼkidlab, quyidagi baytini keltiradi:

Dogʼho bar dasti dil, k-az dasti jononi man ast,

Garchi mesoʼzad maro, osoyishi joni man ast.

(Mazmuni: Dilim kaftidagi dogʼlar yorimning qoʼli bilan paydo boʼlgan. Garchi ular meni chunonam kuydirsa-da, lekin jonimning oromidir).[1][2]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at". 
  2. "Majolis un-nafois".