Kontent qismiga oʻtish

Darvesh Bahlul

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Darvesh Bahlul“Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf namoyandasi, Navoiyning zamondoshi. Zayniddin Xavofiyning oʼgʼli Mavlono Yahyoning muridi. Zikri jahr va samoʼ majlisiga koʼp ahamiyat qaratgan. Hirotning shimoliy qismida togʼ etagida dafn etilgan. Ushbu darvesh haqidagi faslni “Nasoyim ul-muhabbat”ga Navoiyning oʼzi yozib, kiritgan[1][2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at". 
  2. "Nasoyim ul-muhabbat".