Darvesh Ali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Darvesh ali (15-asr) — shoir, xattot, tabib. Fors tilida ijod qilgan. Muammo, qasida va ruboiylar yozgan. Sheʼrlar devoni hali topilmagan. Navoiy "Majolis un-nafois"da D.A. haqida "...tabobatqa mashgʻuldur va bu fanning hoziq va mohirlari aning tabʼin taʼrif qiladurlar. Muolijasin ham koʻrganlar ukodurlar. Tabʼi ham yaxshidur. Ammo muammogʻa koʻprak mashgʻuldir", deydi. D. A. Jomiy "Bahoriston"i, Navoiy "Chor devon"ining 1-va 2-kitoblarini, Muhammad Tohir Gʻazzoliining "Maʼrifat ul-mazohib" risolasini nastaʼliq xatida koʻchirgan. Bu dastxatlar Oʻzbekistan FA Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qoʻlyozmalar fondida saqlanadi (inv. № 2227, 4007, 7701, 3376).

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil