Darren Raddysh

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Darren Raddysh
Tugʻilgan joyi 28-fevral 1996-yil (1996-02-28) (28 yosh)
Caledon, Ontario, Kanada
Boʻyi 6 ft 0 in (183 cm)
Ogʻirligi 201 lb (91 kg; 14 st 5 lb)
Pozitsiyasi himoyachi
NHL
Sobiq jamoalar
Tampa Bay Lightning
Syracuse Crunch
Jamoalardagi faoliyat 2017—hozirgacha

Darren Raddysh (talaffuzi: Darren Raddish) (1996-yil 28-fevralda tugʻilgan) – kanadalik professional xokkey himoyachisi. Darren Raddysh hozirda Amerika xokkey ligasining (AHL) „Syracuse Crunch“ xokkey jamoasida oʻynamoqda.

Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Raddysh 1996-yil 28-fevralda Ontario shtatining Caledon shahrida ombor menejeri Dwayne va hisobchi Gwen Raddysh oilasida tugʻilgan[1]. Darren Raddysh Torontoda akasi Taylor bilan birga oʻsgan[2].

Oʻyin faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havaskor[tahrir | manbasini tahrirlash]

Raddysh oʻzining dastlabki xokkey karyerasini „Toronto Marlboros Minor Midget AAA“ xokkey jamoasida boshlagan. Darren Raddysh klub bilan 2009-yilda Michigandagi Silver Stick turnirida gʻolib chiqqan[3]. Shundan soʻng, Darren Raddysh umumiy hisobda 84-oʻrindagi tanlov asosida Ontario xokkey ligasi (OHL) vakili „Erie Otters“ xokkey klubiga qoʻshilgan[4].

Professional[tahrir | manbasini tahrirlash]

Darren Raddysh oʻzining professional faoliyatini „Rockford IceHogs“ xokkey klubi bilan 2017—2018-yilgi mavsumi oldidan boshladi[5]. Darren Raddysh oʻzining professional faoliyatidagi ilk golini 15-oktyabr kuni „Milwaukee Admirals“ xokkey klubiga qarshi uchrashuvda (5:3 hisobida magʻlubiyat) qayd etdi[6]. 2018-yilning 21-may kuni Darren Raddysh „Chicago Blackhawks“ xokkey klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi[7]. 2019-yilning 18-fevralida Darren Raddysh Peter Holland evaziga „New York Rangers“ xokkey klubiga almashtirildi[8]. Savdodan soʻng, Darren Raddysh „New York Rangers“ klubining AHL filiali „Hartford Wolfpack“ klubiga yuborildi[9].

Darren Raddysh 2019—2020-yilgi mavsum oldidan „New York Rangers“ klubining oʻquv-mashgʻulot yigʻinida qatnashgan, biroq klubning AHLdagi filialiga tayinlanmagan[10].

2021-yil 28-iyulda Raddysh „Tampa Bay Lightning“ xokkey klubi bilan bir yillik ikki tomonlama shartnoma imzoladi[11].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muntazam mavsum Pley-off oʻyinlari
Mavsum Klub Liga Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti
2012—2013 Toronto Marlboros GTHL 19 2 1 3 16
2012—2013 Georgetown Raiders OJHL 7 0 2 2 0
2012—2013 Erie Otters OHL 24 0 2 2 2
2013—2014 Erie Otters OHL 60 3 10 13 27 2 0 0 0 2
2014—2015 Erie Otters OHL 60 14 34 48 38 20 2 7 9 18
2015—2016 Erie Otters OHL 66 8 32 40 80 13 4 5 9 8
2016—2017 Erie Otters OHL 62 16 65 81 63 22 8 14 22 14
2017—2018 Rockford IceHogs AHL 66 5 17 22 26 9 0 2 2 4
2018—2019 Rockford IceHogs AHL 54 8 18 26 20
2018—2019 Hartford Wolf Pack AHL 22 1 3 4 16
2019—2020 Hartford Wolf Pack AHL 62 6 22 28 33
2020—2021 Hartford Wolf Pack AHL 24 2 13 15 12
2021—2022 Syracuse Crunch AHL 61 7 18 25 40 5 0 2 2 2
2021—2022 Tampa Bay Lightning NHL 4 0 0 0 0
NHL jami 4 0 0 0 0

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Darren Raddysh“. nhl.bamcontent.com. Qaraldi: 2020-yil 5-avgust.
  2. Voogel. „Exclusive interview with Darren Raddysh, from undrafted defenseman to the Rangers post-season roster“. foreverblueshirts.com (2020-yil 16-iyul). Qaraldi: 2020-yil 5-avgust.
  3. „Malboros take top spot at Silver Stick tournament“. toronto.com (2009-yil 3-fevral). Qaraldi: 2020-yil 29-avgust. [sayt ishlamaydi]
  4. „Follow the 2012 OHL Priority Selection here!“. ottershockey.com (2012-yil 7-aprel). Qaraldi: 2020-yil 29-avgust.
  5. „ROCKFORD ICEHOGS ANNOUNCE SEASON-OPENING ROSTER“. icehogs.com. Rockford Ice Hogs (2017-yil 5-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 29-avgust.
  6. „LATE RALLY FALLS SHORT AS ADS OUST HOGS, 5-3“. icehogs.com. Rockford Ice Hogs (2017-yil 15-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 29-avgust.
  7. „Blackhawks agree to terms with four players“. nhl.com. Milliy xokkey ligasi (2018-yil 21-may). Qaraldi: 2020-yil 29-avgust.
  8. „Rangers Acquire Defenseman Darren Raddysh“. nhl.com. Milliy xokkey ligasi (2019-yil 18-fevral). Qaraldi: 2020-yil 29-avgust.
  9. „WOLF PACK SEASON ENDS WITH LOSS IN HERSHEY“. hartfordwolfpack.com. Hartford Wolf Pack (2019-yil 14-aprel). Qaraldi: 2020-yil 29-avgust.
  10. „FOUR MORE PLAYERS ASSIGNED FROM RANGER CAMP“. hartfordwolfpack.com. Hartford Wolf Pack (2019-yil 20-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 29-avgust.
  11. „Lightning sign five players to one-year, two-way contracts“. NHL.com (2021-yil 28-iyul). Qaraldi: 2021-yil 29-iyul.