Dariy tili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Dari tilidan yoʻnaltirildi)
Dariy tili
Milliy nomi Дари
دری
Mamlakatlar AfgʻonistonAfgʻoniston
Tojikiston Tojikiston
Rasmiylik holati Afgʻoniston Afgʻoniston
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni ~12 mln
Turkumlanishi
Til oilasi Hindyevropa
Alifbosi arab
Til kodlari
ISO 639-1 -
ISO 639-2 -
ISO 639-3 prs

Dariy tili (دری) — gʻarbiy, sharqiy eroniylar (forslar, afgʻonlar va boshqalar) adabiy tili. 9-asr oxirlari va 16-asr boshlarida hozirgi Eron, Afgʻoniston, Ozarbayjon, qisman Markaziy Osiyo va Shim.-Gʻarbiy Hindiston hududlarida tarqalgan. Sharqning koʻp shoirlari, xususan Rudakiy, Hofiz, Sheroziy, Umar Xayyom, Nosir Hisrav, Bedil, Nizomiy Ganjaviylar shu tilda ijod qilgan. Buyuk oʻzbek shoiri Alisher Navoiy dariy tilida yozgan sheʼrlaridan devon tuzgan ("Devoni Foniy"). dariy tilini forsiy dariy, forsiy deb ham ataganlar. Dariy tili eroniy boʻlmagan xalqlar tomonidan ham ri-vojlantirildi va takomillashtirildi. Shunga koʻra, u baynalmilal — xalqlararo aloqa tili tavsifiga ega boʻldi. 15-asr 2-yarmidan boshlab dariy tili siyosiy va boshqa ijtimoiy sabablar bilan differensiatsiyalandi, 20-asrga kelib 3 koʻrinishga ega boʻldi (fors adabiy tili — Eronda; tojik adabiy tili — Tojikistonda; adabiy dariy tili — Afgʻonistonda). Hozirgi dariy tili Afgʻonistondagi ikki rasmiy tilning (pushtu tili bilan bir qatorda) biri. Bu til avval "Afgʻonistonning fors tili" yoki "forsi-kobuli" deb atalgan.

Eronlik tilshunos Zana Vohidianga ko‘ra, dari tili Afg‘onistonda deyarli hamma tushunadigan va gapira oladigan til sifatida qo‘llanilishi sababi Afg‘onistonning 18-asrda poytaxtini Qandahordan Kobulga ko‘chirganidir.