Darai gaz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Darai gaz, Deregez, Darai Jaz — oʻrta asrlarda Afgʻonistonning shim.da mavjud boʻlgan qad. togʻli tuman va shahar. Balxob daryosi vohasida, Balxdan 5 farsax (1 farsax — 6—7 km) jan. da joylashgan. 10-asrda bu togʻlar Jabal Koʻh nomi bilan mashhur edi. "D. G." atamasi qadimdagi afsonaviy Gaziston mamlakati nomidan olingan. Rivoyatlarga koʻra, afsonaviy Rustam Semurgʻ bergan kamon dastasini Isfandiyorta shu yerdan turib uloqtirgan. 17-asr ga oid "Subxonqulinoma" asarida qam D. G. tarixi afsonaviy davrlarga borib taqaladi. 17-asrda D. G. vohasi Ayni Iskandariya (Iskandar bulogʻi) nomi bilan mashhur katta chashma bor edi. Bu chashma yaqinidagi, atrofi suv bilan oʻralgan balandlikdagi maqbaraga goʻyo Aleksandr (Iskandar Maqduniy) dafn etilganmish. Xitoy manbalariga koʻra, D. G. vohasida ilk oʻrta asrlarda Kiyotchi mulki joylashgan, Syuan Szanning yozishicha, uning iqlimi sovuk, lekin yeri juda unumdor boʻlib, oʻsimlik va mevalar oz, lekin sabzavot va bugʻdoy moʻl-koʻl edi. Aholisi serjahl va beshafqatliligi bilan ajralib turgan. 7-asr da bu yerda 10 ta budda monastiri, 300 ga yaqin rohib boʻlgan. Oʻrta asrlarda D. G. vohasida shu nomda bir shahar bor edi, koʻplab qishloqlar unga tobe edi. 11-asrda D. G. Gʻaznaviylar shikorgohi va harbiy karorgohi boʻlib, unda ikki mingdan ziyod turkiy va hindlardan iborat otliq qoʻshin urnashgan. D. G. vohasi 16—17-asrlarda ham Balx viloyati harbiy kuchlarining toʻplanish yeri va bosh harbiy qarorgoh hisoblanib, u yerda hukumat qoʻshinlarining doimiy turar joylari joylashgan. Bu yerdagi Oqjilgʻa yaylovining kengligi 2 farsaxga (12—14 km) yetgan. Balx aholisi yoz faslida shu yerda dam olgan.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Ahmedov B., Istoriya Balxa, T., 1982; Kamaliddinov Sh.S., Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toharistana po araboyazichnim istochnikam IX — nachala XIII vv., T., 1996.