Kontent qismiga oʻtish

Dar Al-Faruq Islom markazi

Koordinatalari: 44°51′17″N 93°15′52″W / 44.8547°N 93.2644°W / 44.8547; -93.2644
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Dar Al-Faruq Islom markazi
Dar Al-Farooq Islamic Center
Mamlakat  AQSh
Hudud Minnesota
Koordinatalar 44°51′17″N 93°15′52″W / 44.8547°N 93.2644°W / 44.8547; -93.2644

Dar Al-Faruq Islom markazi — AQShning Minnesota shtatidagi Bloomington shahrida joylashgan masjid.

2017-yil 5-avgust kuni Illinoys shtatidagi Clarence shahridan Emily Claire Hari (oʻsha paytda Michael Hari nomi bilan tanilgan), Michael McWhorter va Joe Morris masjid yaqinida qoʻlbola portlovchi moddani portlatib yuboradi, natijada inshootga zarar yetadi, ammo hech kim jabrlanmaydi. Bundan koʻzlangan maqsad musulmonlarni qoʻrqitib, Amerika Qoʻshma Shtatlarini tark etishga undash boʻlgan. McWhorter va Morris hujum bilan bogʻliq jinoyatlarda aybdor deb topilgan, Hari esa 2020-yilgi federal sud jarayonida bir nechta jinoyatlarda aybi borligi aniqlangan[1][2].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjid birinchi marta 2011-yilda, Dar Al Faruq markazi ilgari Northgate boshlangʻich maktabi va Konkordiya oʻrta maktabi joylashgan binoni sotib olganidan soʻng ochilgan[3]. Hozir masjid joylashgan binodan avvallari lyuteran cherkovi ham foydalangan[4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Mannix. „Illinois man found guilty of bombing Minnesota mosque“. Star Tribune (2020-yil 10-dekabr). 2020-yil 9-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 10-dekabr.
  2. Mannix, Andy. „Mosque bomber now identifies as a woman, says right-wing blogs fueled "inner-conflict" leading up to attack“. Star Tribune (2021-yil 23-avgust).
  3. Montemayor. „FBI: 'Improvised explosive device' caused blast at Bloomington Islamic center“. Star Tribune (2017-yil 6-avgust). Qaraldi: 2017-yil 9-avgust.
  4. Du. „Bloomington mosque-haters petition city to stomp down on Dar al Farooq“. City Pages (2016-yil 1-avgust). Qaraldi: 2017-yil 9-avgust.