Dao

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Dao (xitoycha "dao" — qonun, yoʻl) — qad. xitoy falsafasining muhim tushunchalaridan biri. Dastlab "yoʻl", "tariqat" maʼnosini, keyinchalik falsafada tabiatning "yullari"ni, uning qonuniyatlarini bildirgan. Daosizmning asosiy tushunchasi. Koinotning bosh sababchisi, uning sirli qonuniyati; aql bilan bilib, soʻz bilan ifodalab boʻlmaydigan, lekin qamma narsada mavjud boʻlgan hayotiy butunlik. D. — hamma narsaning asosi. Dunyo — D. ning "gavdalanishi"dir.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil