Danitol

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Danitol — qishloq xoʻjaligi ekinlari zararkunandalarga qarshi qoʻllaniladigan insektitsid-akaritsid, sintetik piretroidlar guruhiga mansub. D. ekinlari asosiy zararkunandalardan himoya qilishda bir qator soʻruvchi qasharotlar (shira, tripe, oqqanot, qandala) va zararli kanalarga, soxta va chin qalqondorlarga hamda koʻsak qurtiga qarshi 1—2 l/ga meʼyorida sarflanadi. Bogʻlarda ham D. biryoʻla soʻruvchi va kemiruvchi zararkunandalarga qirgʻin keltiradi. D.ning taʼsir etuvchi moddasi (fenpropatrin) ishlov berilgan gʻoʻza maydonlarida 25 kundan keyin parchalanib ketadi.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil